Добавил:
Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:
УМК электр машиналари ЭТ 2022 (3).doc
Скачиваний:
5399
Добавлен:
02.11.2022
Размер:
19.19 Mб
Скачать

17.2. Mustaqil qo‘zg‘atishli generator

Mustaqil qo‘zg‘atishli generator ulanish sxemasi 17.2,a-rasmda ko‘rsatilgan. Qo‘zg‘atish chulg‘ami zanjiriga ulangan reostat qo‘zg‘atish tokini va, demak, asosiy magnit maydon qiymatini boshqarish imkonini beradi. Qo‘zg‘atish chulg‘ami o‘zgarmas tok manbaidan energiya istemol qiladi: akkumulyator, to‘g‘rilagich yoki boshqa o‘zgarmas tok generatori, bunday holda u qo‘zg‘otkich deb ataladi

Yuksiz ishlash tavsifi ni olishda yuklanish uzilgan va generator yu.i. rejimida ishlaydi. Nominal aylanish tezligi o‘rnatiladi va uni o‘zgarmas holatda bo‘lishi taminlanadi.

17.2-rasm. Mustaqil qo‘zg‘otishli generator prinsipial sxemasi

(a) va yu.i tavsifi (b)

Asta qo‘zg‘atish toki noldan qiymatida gacha o‘zgartiriladi. Egri chiziq 1 (17.2,b-rasm) qurish uchun va larning birnecha (8-10 nuqta) yozib olinadi. Egri chiziq 1 ning boshlang‘ich ordinatasi nolga teng emas, bu magnit tizimda kichik qoldiq magnit oqimi mavjudligi bilan tushuntiriladi. Qo‘zg‘atish tokini nolgacha kamaytirib va uning yo‘nalishini o‘zgartirib, asta absolyut qiymatini oshirib = Ob nuqtagacha boriladi, shu tariqa olingan egri chiziq 2 yu.i. tavsifining tushuvchi shoxobchasi deyiladi. Birinchi va uchinchi kvadrantlarda tushuvchi shoxobchasi 1 egri chiziqdan yuqori bo‘ladi. So‘ngra qo‘zg‘atish toki nolgacha o‘zgartirilib, yo‘nalishi xam o‘zgartirilib, miqdorgacha oshiriladi va uni yuqori­lashuv­chi shoxobcha deyiladi (3 egri chiziq). Z egri chiziq boshqa­laridan quyida bo‘ladi. YU.i. tavsifining tushuvchi va yuqori­lashuvchi shoxobchalari magnitlanish (gisterezis) sirtmog‘i (petlya namagnichivaniya, gisterezisa) deyiladi. YU.i. tavsifida 2 va 3 egri chiziqlarning shrtacha qiymatini o‘tkazib (4 egri chiziq) hisobiy yuksiz ishlash tavsifini olamiz.

YU.i. tavsifining to‘g‘ri chiziqli qismi magnit o‘zakning to‘yinmagan qismiga mos keladi. Qo‘zg‘atish tokini oshirishda davom etsak, mashinaning magnit o‘zagi to‘yina boshlaydi va tavsif egri chiziq xarakteriga ega bo‘ladi. bog‘lanish boshqa masshtabda mashinaning magnit tavsifini takrorlaydi va mashinaning magnitlanish xususiyatlari haqida fikr yuritish imkonini beradi.

Generatorning yuklanish tavsifi. Bu tavsif aylanish tezligi va yuklanish miqdorlari o‘zgarmas (masalan, nominal) bo‘lganda generator chiqish klemmalaridagi kuchlanish U ning qo‘zg‘atish toki 1K bog‘liqligani ko‘rsatadi. Ushbu shartlar bajarilganda generator chiqishidagi kuchlanish yakordagi EYKdan kichik (17.1), shu sababli yuklanish tavsifi 1 yu.i.tavsifidan 2 dan (17.3-rasm) quyiroqda joylashadi. Agar nominal kuchlanish UH0M ga mos kelgan a nuqtadan yuqoriga kesmani qo‘ysak va gori­zontal kesma be ni yu.i. tavsifi bilan kesishgunga qadar qo‘ysak, so‘ngra a va s nuqtalar bilan tutash­tirsak, u holda abstav­sifiy uchburchakni hosil qila­miz.

Generator yu.i. rejimida ish­la­yotganda qo‘zg‘atish toki bo‘lganda chiqish­dagi kuch­­lanish bo‘lsin; yukla­nish ulangandan so‘ng (qo‘zg‘a­tish toki o‘zgarmas) gene­rator kuchlanishi gacha pasayadi. Shun­day qilib, da kesma qo‘zg‘atish toki bo‘lganda yukla­nish­ning noldan nominal qiymatgacha o‘zgar­gandagi kuch­lanishning pasa­yuvini ko‘r­sata­di. Bunda gene­­ratorning yakor klem­malarida kuchlanish o‘zgarishi ikki sabab bilan sodir bo‘ladi: yakor zanjirida kuchlanish pasayuvi va yakor reaksiya­sining magnitsiz­lovchi ta’­siri.

17.3-rasm. Mustaqil qo‘zg‘otkichli generator yuklanish tavsifi

Tashqi tavsif. Bu tavsif generatorning chiqish klem­malaridagi kuchlanish ning yuklanish toki ga bo‘lgan bog‘lanishini aks ettiradi. Tashqi tavsifni qurish uchun qiymat­larni olishda generator yakorini nominal tezlikkacha aylantiriladi va uni nominal kuchlanish da nominal tok qiymatigacha yuklantiriladi. So‘ngra, asta va ravon yuklanishni yu.i. rejimiga cha kamaytiriladi, hamda o‘lchov asboblari ko‘rsatkichlari yozib olinadi. Tajriba davomida qo‘zg‘atish chulg‘amining zanjiridagi qarshilik . va yakor aylanish tezligi o‘zgarmas qoldiriladi.

17.4,a-rasmda mumtaqil qo‘zg‘atishli generatorning tashqi tavsifi ko‘rsatilgan. Undan ko‘rinadiki, yuklanish toki ortishi bilan generator chiqish klemmalaridagi kuchlanish kamayadi; buni yakor reaksiyasining magnitsizlovchi ta’siri va yakor zanjiridagi kuchlanishlar pasayuvidan, deb tushunish zarur. Tashqi tavsifning abssissa o‘qiga nishabligi [tashqi tavsifning bikrligi (jestkost vneshney xarakteristiki)] ni baholash uchun kuchlanishlar pasayuvi, deb nomlangan - generator yuklanishi tashlanishida kuchlanishning nominal o‘zgarishi qabul qilingan

(17.9)

Aksariyat, mustaqil qo‘zg‘atishli generator uchun .

Generatorning rostlash tavsifi. Tavsif , generator yakori aylanish tezligi o‘zgarmas ( ) bo‘lib, yuklanishi o‘zgarganda yakor klemmalaridagi kuchlanishni o‘zgarmas va nominal qoldirish uchun qo‘zg‘atish tokini qanday o‘zgartirish zarurligini ko‘rsatadi.

17.4-rasm. Mustaqil qo‘zg‘otkichli generatorning tashqi (a) va rostlovchi

(b) tavsiflari

Generator yuklamasiz ishlaganda qo‘zg‘atish chulg‘amidagi tok ning qiymatini shunday o‘rnatiladiki, chiqish kuchlanishi nominal bo‘lsin. So‘ngra, generator yuklanishi asta oshiriladi, shunda kuchlanish pasayadi va qo‘zg‘atish toki o‘zgartirilib, kuchlanish yana nominal qiymatiga etkaziladi. Shu tariqa, yuklanishning xar bir o‘zgarishida, kuchlanish nominal holatda ushlab turiladi. Ushbu o‘zgarishlar yozib olinib, egri chiziq chizilganda, rostlash tavsifining yuqorilashuvchi shoxobcha hosil qilinadi (17.4,b-rasmda 1 egri chiziq).

Asta sekin yukla­nishni yu.i. rejimigacha kamaytirib va yuqorida keltirilganidek, qo‘zg‘atish tokini rostlab, kuchlanishni o‘zgarmas (nominal) holatida ushlab, tavsifning pasayuvchi shoxobchasi (17.4,b-rasmda 2 egri chiziq) hosil qilinadi.

Rostlash tavsifining pasayuvchi shoxobchasi yuqorilashuvchi shoxobchasidan quyida bo‘ladi. Bu hodisa qoldiq magnit maydonning ta’siri bilan tushuntiriladi. 1 va 2 egri chiziqlar o‘rtisidan o‘tkazilgan 3 egri chiziq, generatorning amaldagi rostlash tavsifi deyiladi.

Mustaqil qo‘zg‘otkichli o‘zgarmas tok generatorining asosiy kamchiligi - o‘zgarmas tok manbi - qo‘zg‘otkichning zarurligidir. Biroq, bu generatorda kuchlanishning keng diapazonda boshqarilish imkoniyatlari, xamda tashqi tavsifining nisbatan bikrligi, uning afzalligidir.