
- •Sillabus
- •K.1 Elektromexanik energiya o‘zgartirish
- •K.3 Elektr mashinalari klassifikatsiyasi
- •1.3. Transformatorning tuzilishi
- •3.1. Uch chulg‘amli transformatorlar
- •3.2. Avtotransformatorlar
- •O‘zgaruvchan tok mashinasi stator chulg‘ami sxemalari
- •Stator chulg‘amini hisoblash
- •G‘altak o‘ramining eyk
- •G‘altaklar guruhining eyk
- •Chulg‘am fazasining eyk
- •Chulg‘am magnit yurituvchi kuchlari
- •Mujassamlangan chulg‘am myk
- •Taqsimlangan chulg‘amning myk
- •Qadami qisqartirilgan chulg‘amning myk
- •Pulslanuvchi, elliptik va aylana shakldagi aylanuvchi magnit maydon. Bir fazali chulg‘amning magnit maydon
- •Uch fazali chulg‘amning aylanuvchi magnit maydoni
- •Ikki fazali chulg‘amning aylanuvchi magnit maydoni
- •Bu toklar hosil qilgan myk tashkil etuvchilari mashina havo oralig‘ida ixtiyoriy X nuqta uchun quyidagi ko‘rinishda yoziladi
- •Elliptik maydon
- •Asinxron mashinaning tuzilishi
- •Ishlash prinsipi
- •Asinxron mashinaning ishlash rejimlari
- •6.6. Almashtirish sxemasi
- •7.1. Asinxron mashina energetik diagrammasi
- •7.2. Elektromagnit moment
- •7.3. Mexanik tavsif
- •Asinxron motorni iShGa tushirish
- •9.1. Faza rotorli asinxron motorni ishga tushirish
- •9.2. Qisqa tutashgan rotorli asinxron motorni ishga tushirish
- •Qisqa tutashgan rotorli asinxron motor aylanish tezligini boshqarish
- •12 Faza rotorli asinxron motor aylanish tezligini boshqarish
- •10.2. Sinxron mashinalar turlari va tuzilishi
- •10.3. Yirik sinxron mashinalarni sovutish
- •12.1 Generatorlarni parallel ishga tushirish
- •12.3. Sinxron generator burchak tavsiflari
- •Sinxron generatorning V-simon tavsiflari
- •13.3. Sinxron motor tavsiflari
- •Sinxron mashinalarning maxsus turlari.
- •14.2. O‘zgarmas tok mashinasining tuzilishi
- •17.2. Mustaqil qo‘zg‘atishli generator
- •17.3. Parallel qo‘zg‘atishli generator
- •17.4. Aralash qo‘zg‘atishli generator
- •Va uning tashqi tavsiflari (b)
- •18.2. Motorni ishga tushirish
- •18.3. Parallel qo‘zg‘atishli motorlar
- •18.4. Parallel qo‘zg‘atishli motor aylanish tezligini boshqarish
- •Transfоrmatоrlarga оid amaliy mashg’ulotlar yеchish namunalari
- •Parametrlarini aniqlash
- •Tutashuv uchburchagini qurish
- •Mехanik хaraktеristikasini qurish
- •Parametrlarni aniqlash
- •Tormozlovchi momentini topish
- •Momentini topish
- •4.2.2. O‘zgarmas tok generatorlari
- •4.2.3. O‘zgarmas tok motorlari
- •Uch fazali ikki chulg‘amli transformatorning salt ishlash, qisqa tutashuv holatlaridagi tavsiflari va parametrlarini tekshirish
- •1. Ishni bajarishdan maqsadi
- •2. Ishni bajarish yuzasidan topshiriqlar
- •3. Ishni bajarishga oid qisqacha nazariy tushunchalar
- •4. Ishni bajarish va hisobot tayyorlash tartibi
- •4. Ishni bajarish va hisobot tayyorlash tartibi
- •Ishni bajarish va hisobot tayyorlash tartibi
- •Sinov savollari
- •1. Ishni bajarishdan maqsad.
- •Ishni bajarish yuzasidan topshiriqlar.
- •3. Ishni bajarishga oid qisqacha nazariy tushinchalar
- •Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorning salt ishlash va qisqa tutashuv tavsiflarini tekshirish
- •1. Ishni bajarishdan maqsad
- •2. Ishning dasturi
- •3. Ishni bajarish yuzasidan qisqacha nazariy tushunchalar
- •4. Ishni bajarish tartibi va hisobot tayyorlash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
- •Sinov savollari
- •Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorning ish tavsiflarini tekshirish
- •1. Ishni bajarishdan maqsad
- •2. Ishning dasturi
- •3. Ishni bajarish yuzasidan qisqacha nazariy tushunchalar
- •4. Ishni bajarish tartibi va hisobot tayyorlash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
- •Sinov savollari
- •1. Ishni bajarishdan maqsad
- •2. Ishni bajarish yuzasidan topshiriqlar
- •3. Ish bajarish tartibi va hisobot tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar
- •4. Ishni bajarish yuzasidan qisqacha nazariy tushunchalar
- •Glossariy
- •Testlar
- •Baholash mezoni
- •Adabiyotlar
- •Asosiy adabiyotlar
- •Qo‘shimcha adabiyotlar
- •Internet saytlar
K.3 Elektr mashinalari klassifikatsiyasi
Elektr mashinalarining generator va motor rejimlarida ishlatilishi ularning asosiy qo‘llanishidir, chunki elektr va mexanik energiyalarining o‘zgartirilishi bilan bog‘liqdir. Elektr mashinalarining turli texnika va texnologiyalarda qo‘llanishidan boshqa maqsadlar ko‘zlanishi ham mumkin. Masalan, elektr energiyasini iste’mol qilish aksariyat o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantirish yoki chastotani o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘ladi. Elektr mashinalari elektr signallarining quvvatini oshirish uchun ham ishlatiladi. Bunday mashinalari “elektr mashina kuchaytirgichlari” deb nomlanadi. elektr energiya iste’molchilarining quvvat koeffitsientini oshirish uchun qo‘llaniladigan elektr mashinalari sinxron kompensatorlar deb ataladi. O‘zgaruvchan tokning kuchlanishini rostlash uchun xizmat qiluvchi elektr mashinalari induksion regulyatorlar deyiladi.
Avtomatika va hisoblash texnikasida qo‘llaniluvchi mikromashinalar turli xillari mavjud. Bunda elektr mashinalari na faqat motor sifatida, balki taxogenerator (aylanish tezligini o‘lchash uchun, ya’ni aylanish tezligiga proprotsional bo‘lgan elektr signalini olish), selsinlar, aylanuvchi transformatorlar (val burilish burchagiga proporstonal bo‘lgan elektr signalini olish) va h.k. siqatida ishlatiladi.
Keltirilgan misollardan ko‘rinadiki, elektr mashinalarining vazifalariga ko‘ra ularning turlari xar xil ekan.
Elektr mashinalari ishlash prinsipiga ko‘ra o‘zgaruvchan tok va o‘zgarmas tok mashinalariga bo‘linadilar. O‘zgaruvchan tok mashinalari asinxron va sinxron mashinalarga bo‘linadilar. Asinxron mashinalar aksariyat motor rejimida ishlatilsa, sinxron mashinalar ko‘proq generator rejimida ishlatiladi. Biroq, tog‘-kon sanoati, gidrotexnik qurilmalarda katta quvvatli tegirmon, maydalagichlar, nasoslar va boshqa jihozlarda sinxron motorlari o‘z o‘rnini topgandir. O‘zgarmas tok mashinalari motor va generator rejimlarida ishlatilmoqda.
Bir hil ishlash prinsipiga ega bo‘lgan elektr mashinalari bir biridan sxemalarining ulanishi yoki mashina ekspluatatsiya xossalariga ta’sir etuvchi boshqa xususiyatlari bilan ajralishi mumkin. Masalan, asinxron va sinxron mashinalari uch fazali (uz fazali tarmoqqa ulangan), kondensatorli yoki bir fazali bo‘lishi mumkin. Asinxron mashinalari rotor chulg‘amining tuzilishiga ko‘ra qisqa tutashgan rotorli va faza rotorli bo‘lishi mumkin. Sinxron mashinalari va o‘zgarmas tok mashinalari qo‘zg‘atish magnit maydonini hosil qilish usuliga ko‘ra ikki turga – qo‘zg‘atish chulg‘amli va o‘zgarmas magnitli mashinalarga bo‘linadi.
Ushbu darslikda, elektr mashinalarini tushuntirishga qaratilgan boshqa barcha adabiyotlardagi kabi, elektr mashinalaridan tashqari transformatorlarni xam o‘rganishga qaratilgan ma’lumotlar keltiriladi. Transformatorlar o‘zgaruvchan tokli statik elektromagnit apparatdir. Biror aylanuvchi qismi bo‘lmasligi, transformatorga elektr mashinalaridan prinsipial ravishda farqlanuvchi o‘zgacha konstrutsiya bag‘ishlaydi. Biroq, transformatorning ishlash prinsipi ham, elektr mashinalarining ishlash prinsipi ham elektromagnit induksiyasi hodisasiga asoslangan bo‘lib, transformatorlar nazariyasining birqancha qismlari o‘zgaruvchan elektr mashinalarining nazariy asoslarini tashkil etadi.
Elektr mashinalari va transformatorlar – xar qanday energetik tizimning yoki elektr qurilmasining asosiy elementlaridir. Shuning uchun elektr mashinalarini ekspluatatsiya qiluvchi personal, ayniqsa tog‘-kon sanoati xodimlari, elektr mashinalari va transformatorlar elektromagnit, mexanik va qizish jarayonlari nazariy va fizik asoslarini bilishlari zarur.
Transformatorlarda bo’ladigan fizik jarayonlat va transformatorlarning tuzilishi.
Transformatorning xayotdagi o‘rni va qo‘llanish sohalari
Transformator deb, ikki (yoki undan ko‘p) induktiv bog‘langan chulg‘amlari mavjud bo‘lgan, elektromagnit induksiyasi hodisasi asosida bir (birlamchi) o‘zgaruvchan tok tizimini ikkinchi (ikkilamchi) o‘zgaruvchan tok tizimiga o‘zgartiruvchi statik elektromagnit apparatga aytiladi.
Umumiy holda, ikkilamchi o‘zgaruvchan tok tizimi birlamchi tizimdan ixtiyoriy parametrlari (kuchlanish, tok qiymatlari, fazalar soni, tok va kuchlanishning vaqiga boo‘liqlik egri chizig‘i shakli, chastota) bilan farqlanishi mumkin. Elektrotexnik qurilmalar hamda elektr energiya uzatish va taqsimlash tizimlarida o‘zgaruvchan kuchlanish va tok qiymatlari o‘zgartiruvchi kuchli transformatorlar ko‘plab qo‘llaniladi. Bunda fazalar soni, kuchlanish (tok) egri chizig‘i shakli va chastotasi o‘zgarmas bo‘ladi.
Vazifasiga ko‘ra transformatorlar umumiy qo‘llanuvchi kuchli transformatorlar va maxsus qo‘llanuvchi transformatorlarga bo‘linadi. Umumiy qo‘llanuvchi kuchli transformatorlar EUL va elektr energiyasini taqsimlashda, hamda xar turdagi elektrotexnik qurilmalarda zarur bo‘lgan kuchlanishni olish uchun qo‘llaniladi. Maxsus qo‘llanuvchi transformatorlar ishchi xossalari va konstruktiv bajarilishi bo‘yicha turli xarakterlari bilan farqlanadilar. Bunday transformatorlarga o‘choq va payvandlash transformatorlari, avtomatik tizimlar transformatorlari (pik-, impuls transformatorlari, chastota kuchaytirgichlari va h.k.), sinov va o‘lchov transformatorlari kiradi.
Ushbu darslikda umumiy qo‘llanuvchi kuchli transformatorlar o‘rganiladi.
Transformatorning ishlash prinsipi
Soddalashtirilgan
kuchli transformator ferromagnit materialdan ishlangan
(odatda tunikasimon elektrotexnik po‘lat) magnit o‘zak va magnit
o‘zakning sterjenlariga joylashgan ikki chulg‘amdan (1.1,a -rasm)
iborat. Chulg‘amlardan biri birlamchi chulg‘am deb nomlanib,
o‘zgaruvchan tok manbai kuchlanishi
bo‘lgan G ga ulanadi. Ikkilamchi deb nomlangan chulg‘amga
iste’molchi
ulanadi; aksariyat uni transformator yuki (yuklanishi) deyiladi.
Birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlar o‘zaro galvanik (elektrik)
bog‘lanmagan bo‘lib, bir chulg‘amdan ikkinchi chulg‘amga
elektromagnit usulda uzatiladi. Bu chulg‘amlar joylashgan
magnit o‘zaklar (magnit o‘tkazgichlar)
magnit
oqimni va chulg‘amlar orasidagi induktiv bog‘lanishni
kuchaytirish uchun xizmat qiladi.
1.1-rasm. Transformatorning elektromagnit (a) va prinsipial (b) sxemalari
Transformatorning
ishlashi elektromagnit induksiya hodisasiga asoslangan.
Birlamchi chulg‘amni o‘zgaruvchan tok manbaiga ulaganda ushbu
chulg‘am o‘ramlarida o‘zgaruvchan tok
oqadi, u magnit o‘zakda o‘zgaruvchan F magnit oqimni xosil
qiladi.
Bu magnit oqim magnit o‘zakda berk kontur hosil qilib, transformatorning ikkala (birlamchi va ikkilamchi) chulg‘amlarini kesib o‘tadi va ularda EYUK induktivlaydi. Birlamchi chulg‘amda o‘zinduksiya EYUK
(1.1)
ikkilamchi chulg‘amda o‘zaro induksiya EYUK
(1.2)
bunda
va
- transformatorning birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlari o‘ramlari
soni.
Transformator
ikkilamchi chulg‘amning chiqish klemmalari
yuklanishga
ulanganda
EYUK ta’sirida bu chulg‘am zanjirida
tok oqadi va
kuchlanish o‘rnatiladi. Kuchaytiruvchi transformatorlarda
pasaytiruvchi transformatorlarda esa
Ifodalar
(1.1) i (1.2) dan shuni ko‘rish mumkinki, transformator
chulg‘amlarida induktivlanayotgan
va
EYUKlar bir biridan faqat chulg‘amlar o‘ramlari sonlari
va
farqi bilan ajralib turadi. Shuning uchun chulg‘amlarning o‘ramlari
sonining zaruriy qiymatlarini tanlash bilan, birlamchi va ikkilamchi
chulg‘amlar kuchlanishlarining ixtiyoriy qiymatlarini qabul qilish
mumkin.
Kuchlanishi yuqoriroq bo‘lgan tarmoqqa ulangan chulg‘am yuqori kuchlanish (YUK) chulg‘ami deyiladi; kuchlanishi quyi bo‘lgan tarmoqqa ulangan chulg‘am quyi kuchlanish (QK) chulg‘ami deyiladi.
Bir fazali transformatorning prinsipial elektr sxemasi 1.1,6-rasmda keltirilgan.
Transformatorlar qaytuvchanlik xususiyatiga ega, bir transformatorning o‘zini kuchaytiruvchi va pasaytiruvchi transformator sifatida ishlatish mumkin. Lekin, aksariyat transformator bir qo‘llanishda - yoki kuchaytiruvchi, yoki pasaytiruvchi bo‘lishi mumkin.
Transformator
– o‘zgaruvchan tok apparatidir. Agar uning birlamchi chulg‘amini
o‘zgarmas tok manbaiga ulansa, u holda transformator magnit
o‘zagidagi magnit oqimi xam qiymati va yo‘nalishi bo‘yicha
o‘zgarmas bo‘ladi
,
shu sababli transformator chulg‘amlarida EYUK
induktivlanmaydi, demak elektr energiya birlamchi zanjirdan
ikkilamchi zanjirga uzatilmaydi.
Transformatorlar quyidagi omillariga ko‘ra bir necha turlarga ajratiladi:
a) vazifasiga ko‘ra: umumiy qo‘llanuvchi kuchli va maxsus transformatorlar;
b) sovitilish turiga ko‘ra: havo (quruq) transformatorlar va moyli transformatorlar;
d) transformatsiyalanuvchi fazalar soniga ko‘ra: bir fazali, uch fazali va ko‘p fazali;
e) magnit o‘zakning shakliga ko‘ra: sterjenli, zirxli; zirx-sterjenli; torroid shaklida;
f) fazadagi chulg‘amlar soniga ko‘ra: ikki chulg‘amli; ko‘p chulg‘amli.