
- •1. Xotirani rivojlantirish asoslari
- •2. Doimo Yangilikni o'rganib borish
- •3. Turli xil usullarda o'rganing
- •4. Nimani o'rgangan bo'lsangiz boshqa bir insonga o'rgating
- •5. Oldingi bilim keyingi bilimga madadkor
- •6. Praktikal tajribaga erishing
- •7. Javobga yetib borishning logikasi uni eslab qolishdan ko'ra samaraliroq
- •8. Qaysi biri sizning usulingiz
- •9. Testlarni yechish o'rganishni tezlatadi
- •10. Ko'p mashqlarni bir vaqtda bajarishni to'xtating
9. Testlarni yechish o'rganishni tezlatadi
Test
yechishlar faqatgina o'qishdan ko'ra ancha foydaliroq bo'lar
ekan. Aslida, bu ozgina intuitsiyaga teskari bo'lib aytishingiz
mumkinki ko'p vaqtni o'qish bilan sarflash o'rganishni eng yuqori
darajaga olib chiqadi deb, ammo bir qancha manbalar quyidagi
natijalarga olib keldi : mavzuga oid test yechish siz o'rgangan
materialni eslab qolishda o'z foydalarini ko'rsatadi . Bir tadqiqotda
studentlarga o'qishga vaqt beradi va keyin test
ishlatadi, natijada ushbu gruppa vakillari uzoq muddat davomida
materialni eslab qolishgan. Bu natija boshqa studentlar o'rtasida
o'tkazilganda, va ularga qo'shimcha vaqtlarda ko'proq o'qigan bo'lsa
ham ular birinchi gruppadan pastroq natija ko'rtatibdi.
Ochig'i, bu usul menga ozmuncha tanishdir, haligacha esimda
abiturientlik paytimda barcha abiturientlar kabi 1 yil davomida juda
katta hajmdagi xabarni eslab qolishimga to'g'ri kelar edi, va
repetitorimning ajoyib tavsiyasiga muvofiq adabiyot fanidan
tayyorlanganda barcha studentlar savol va test tuzib kelardi , keyin
esa bir birimizga tarqatilar edi. Oqibatida esa biz ikki tomonlama
foyda olar edik : ham o'zimiz bevosita savol tuzishda qatnashardik va
boshqalarning savollariga javob berar edik. Javoblarni ham tekshirish
oson kechardi.
10. Ko'p mashqlarni bir vaqtda bajarishni to'xtating
Juda
ko'plab yillar mobaynida , biz kimda kim
maltitasking(maltitasking-ko'p vazifalarni bir vaqtda qilsa) u
boshqalardan ko'ra ustunroq bo'ladi deb tasavvur qilganmiz.Hamma
yaxshi biladi Sezar, Lenin va Leonardo Davinchilar ushbu ajoyib
qobilyatga ega deb bilganmiz. Lekin so'ngi tadqiqotlar shuni
ko'rsatdiki, multitasking qiladigan shaxslar aslida kamroq
effektiv bo'lar ekan. Bu noto'g'ri tushuncha aslida miyamiz bir
vaqtning o'zida bir vaziyatga e'tibor qila olishi bilan
xarakterlanadi. Alal oqibat, effektiv o'qishning asosi bo'lib bir
vaqtda bir mashqqa e'tiborni qaratish hisoblanadi .Axir aytiladiku,
ikki quyonni ortidan quvlaguncha, bittasini tutgan afzalroq.