Добавил:
Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:

_Ma'ruza - 4''' (1)

.doc
Скачиваний:
0
Добавлен:
25.08.2025
Размер:
3.2 Mб
Скачать

4-MA'RUZA

MAVZU: Termodinamik jarayon. Issiqlik sig'imi

Reja:

1. Termodinamik jarayon tushunchasi

2. Termodinamik Holatlar

3. Issiqlik sig'imi tushunchasi

Tayanch iboralar: Issiqlik sig'imi, izobarik, izoharik, izotermik, adiabatik, politropik xolatlar, massali, hajmiy va molyar issiqlik sig'imi.

Issiqlik apparatlarining bajaradigan ishini hisoblashda va shu jarayonda ishtirok etadigan issiqlik miqdorini aniqlash katta ahamiyatga ega. Uni aniq xisoblash - iqtisodiy tomonlama va issiqlik uskunasining ishlashini to'g'ri baxolashda muxim o'rin tutadi. Qandaydir jarayonga issiqlik berilishi uning xolatining o'zgarishiga olib keladi, ya'ni harorati o'zgaradi. Tashqi muxitning o'zaro ta'siri natijasida jism xolatining o'zgarishi termodinamik jarayon deb ataladi. Muvozanat xolatdagi jism deb, uning har bir nuqtasida P, T va boshqa boshqa fizik xususiyatlar bir xil bo'ladigan xolatdagi jismga aytiladi. Termodina mik jarayonlarda jismlar bir-biri bilan uzaro energiya almashadi. Buning natijasida bir jismning energiyasi ko'payadi, boshqasida esa kamayadi.Jarayonlarda issiqlik energiyasi ikki xil usulda bir jismdan ikkinchi jismga utishi mumkin.

1-usul. Issiqlik - issiq jismdan, unga nisbatan harorati sovuq bo'lgan jismga o'tadi. Bu usulda o'tgan energiyaning miqdori issiqlik miqdori deb ataladi va Q – harfi bilan belgilanadi. O'lchov birligi – Joul.

2-usul. Ikkinchi usulda, tashqi bosim ta'sirida jism o'zining xajmini o'zgartiradi va kattaligi mexanik ish deb ataladi.

Issiqlik sig'imi tushunchasi. Jism haroratini 1 °S ga oshirish uchun sarf bo'lgan issiqlik energiyasi miqdoriga – Issiqlik sig'imi deyiladi va С - harfi bilan belgilanadi. O'lchov birliklari kJ / m³ K , kJ / kg , kmol / K bilan o'lchanadi.

Gazlar uchun asosan 5 ta asosiy termodinamik jarayonlar mavjud.

1. Izoxorik jarayon -

o'zgarmas hajmda (V=const) yuz beradigan jarayondir.

U Sharl qonuni bilan aniqlanadi. Izoxorik jarayonda o'zgarmas massali gaz bosimining temperaturaga bog'lanishi. Sharl qonuni.

2. Izotermik jarayon -

o 'zgarmas temperaturada (T=sonst) gaz xolatining o'zgarishi tufayli sodir bo'ladigan jarayondir. U Boyl-Mariott qonuni bilan ifodalanadi. Izotermik jarayonda o'zgarmas massali gaz uchun gaz bosimining hajmiga ko'paytmasi o'zgarmas kattalikdir. - bu Boyl-Mariott qonuni formulasi.

3 . Izobarik jarayon – o'zgarmas bosimda (P=const) amal- ga oshadi va Gey-Lyussak qonuniga bo'ysunadi. Izobarik jarayon tufayli o'zgarmas massali gaz hajmini tempera- turaga bog'lanishi V / T = P - const

ko'rinishda yoziladi. V - 0 0S temperaturadagi hajmi,

T – harorat.

Adiabatik jarayonda - issiqlik tashqi muxit bilan almashmaydi. Ya'ni tizimning ichida ish bajaruvchi xolatlar ko'zda tutiladi. PV = const

Politropik jarayonda – C, ya'ni gazning issiqlik sig'imi o'zgarmaydi. CPV = const. O'zgarmas hajmdagi issiqlik sig'imi C, termodinamikada katta ahamiyatga ega hisoblanadi.

Qisqacha xulosalar:

1. Tashqi muxitning o'zaro ta'siri natijasida, jism xolatining o'zgarishi termodinamik jarayon deb ataladi.

2. Issiqlik - harorati baland jismdan, harorati unga nisbatan past bo'lgan jismga o'tadi. Bu o'tgan energiyaning miqdori, issiqlik miqdori deb ataladi.

3. Gazlar uchun asosan 5 ta asosiy termodinamik xolatlar mavjud.

4. Jismning haroratini 1 °S ga oshirish uchun sarf bo'lgan issiqlik energiyasi miqdoriga – Issiqlik sig'imi deyiladi.

Nazorat savollari:

1.Issiqlik sig'imi deb nimaga aytiladi?

2.Issiqlik sig'imining o'lchov birliklarini ayting?

3.Termodinamik jarayonlar turlarini sanab bering.

4.Gaz aralashmasi issiqlik sig'imi qanday aniqlanadi.