Добавил:
Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:

_Ma'ruza - 9'''' (1)

.doc
Скачиваний:
0
Добавлен:
25.08.2025
Размер:
1.09 Mб
Скачать

9-MA'RUZA

MAVZU: Sovutish mashinalari. Karnoning teskari sikli

Reja:

1. Karnoning teskari sikli xaqida tushuncha

2. Sovutish mashinalari sikllari

3. Sovutish mashinalari turlari

Tayanch iboralar: Isssiqlikdan-sovuqlikka, sovutish sistemasi, kondensatorlar, sovutish jarayonlari.

Xar kungi turmush sharoitimizda sovutish mashinalarining turli-tuman turlariga duch kelamiz.

Sovutish mashinalarining vazifasi albatta qizib turgan jismni sovutish orqali foydali ishlarni bajarishdan iboratdir. Masalan oddiy marmar toshni kesib shakl berilayotgan vaqtda, albatta qurilmaning almaz diski suv bilan sovutilib turilishi shart. Ichki yonuv dvigatellarida esa, dvigatel qizib ketmasligi uchun albatta mukammal sovutish tizimi bexato ishlashi shart. Bug' turbinalarida esa, bug' ma'lum bir ishni bajarib bo'lganidan keyin kondensatorlar orqali sovutilib yana suyuq, ya'ni suv xolatiga aylantiri lishi lozim. Yoki oddiy xolodilniklarda fryon suyuqligi motorda qizitilib xarakatga tushirilishi va radiator naychalari orqali o'tadigan fryon gazining xarakati asnosida korpus ichiga sovuqlik berilishi ko'zda tutiladi. 1824 yilda fransuz injeneri S.Karno keyinchalik isssiqlik dvigatellari nazariya siga asos bo'lgan ishini nashr ettirdi. Karno o'zining bu ishida isssiqlik dvigatelining termodinamika uchun aloxida axamiyatga ega bo'lgan siklini ko'rib chiqdi. Karno sikli bo'yicha Ish - faqat ma'lum miqdordagi ishchi jismning xarorati ko'tarilishi natijasida kengayishi xisobiga amalga oshiriladi. Siklning boshlang'ich nuqtasida T- tempera turaga, v- solishtirma xajm va P-bosimga ega bo'lgan ish jismiga, isssiqlik manbaidan isssiqlik keltiruvchi ishchi jism gaz kengayib ish bajarib beradi. Masalan gaz berilgan isssiqlik ta'sirida silindr ichida kengayadi va porshenni xarakatga keltiradi. So'ngra gazning izotermik kengayishi (T=const) amalga oshiriladi. Bu protsessda gaz sovuq manbadan isssiqlik oladi. Shundan keyin birorta tashqi manbadan beriladigan issiq xisobiga gazning adiabatik siqish protsessi amalga oshiriladi. Shunday qilib to'g'ri sikl amalga oshirilgan aynan o'sha yo'lning o'zidan, Karnoning teskari siklini amalga oshirish mumkin. Ya'ni Karno sikli qaytar sikldir. Shu munosabat bilan Karno teskari siklining termik F.I.K. ini ko'rib chiqamiz. Oldin aytib o'tilgan tarifga ko'ra xar qanday siklning termik F.I.K. quyidagi munosabatdan aniqlanadi.

Bu yerda A – bajarilgan ish; Q – sarflangan isssiqlik miqdori;

Karnoning isssiqlik energiyasini olish uchun ishlaydigan to'gri siklini-teskari jarayon ya'ni sovutish jarayoni uchun qo'llash mumkin. Karnoning teskari sikli sovutish uskunalari va sovutish jarayonlari uchun, sovush koeffitsentini quyidagicha ifodalaydi.

T2 T2 - Oxirgi xarorat

έ = -------- ; T1 - Atrof - muxit xarorati

T1 - T2

Qisqacha xulosalar:

1. Sovutish mashinalarining vazifasi albatta qizib turgan jismni sovutish orqali foydali ishlarni bajarishdan iboratdir.

2. 1824 yilda fransuz injeneri S.Karno keyinchalik isssiqlik dvigatellari nazariya siga asos bo'lgan ishini nashr ettirdi.

3. Karnoning isssiqlik energiyasini olish uchun ishlaydigan to'gri siklini-teskari jarayon ya'ni sovutish jarayoni uchun qo'llash mumkin.

Nazorat savollari:

        1. Isssiqlik almashish funksiyasi deb nimaga aytiladi?

        2. Karnoning teskari siklining oshkor ko'rinishini yozing.

        3. Sovutish va sovush jarayoni deganda nimalarni tushunasiz?

        4. Sovutish sistemalari nimalarga bog'liq?

Соседние файлы в предмете [НЕСОРТИРОВАННОЕ]