
_Ma'ruza - 8''' (1)
.doc8-MA'RUZA
MAVZU: Termodinamikaning 3-qonuni. Sovish va sovutish
Reja:
1. Termodinamikaning 3-qonunining moxiyati
2. V.Nernst tadqiqotlari
3. M.Plank nazariyasi
Tayanch iboralar: Sovutish qurilmalari, sovutish jarayonlari, absolyut nol harorat, jismning harorati, bosimi, xajmi va mikroskopik xolatlari, sovitgich qurilmalarining sikllari.
Termodinamikaning
3-qonuni
quyidagi g'oyalarni ilgari suradi. Ya'ni
"Jismning
harorati qanday darajada o'zgarishidan qat'iiy
nazar, u o'zining
absolyut nol yoki boshlang'ich
haroratiga qaytadi".
1906
y. nemis olimi V.Nernst bu xususda ko'plab tajribalar o'tkazib
u
o'ta
past temperaturalardagi moddalar xossalarini o'rganib, tadqi
qotlar
natijalariga tayanib, "Absolyut
nol temperaturada kechadigan har qanday izoter
mik
jarayondagi entro
piyaning
o'zgarishi nol
ga
teng"
degan xulosa
ga
keladi. Bunga Nernst prinsipi yoki termodina mikaning 3-qonuni sifa
tida
qaraladi.
Modda
ning
absolyut tempera
turasi
nolga yaqin
lashsa,
moddani
tashkil etgan zarralar harakati deyarli
to'xtaydi.
Demak termodinamik sistemaning absolyut temperaturasi nolga
yaqinlashadi,
ammo mutloq
nolga teng bo'lmaydi.
Modda
har qancha
o'ta
past temperaturada sovutilganda xam, zarralarning harakati mutlaqo
to'xtamaydi.
Bir so'z
bilan aytganda termodinamikaning 3-qonuni issiqlik uzatish
natijasida, sovutish jarayonlarini amalga oshiruvchi yo'nalishdir.
Jismdagi
haroratning qanchalik
ko'tarilishi
termodinamik jarayon bo'lsa,
jism
haroratining shunchalik pasayishi, ya'ni sovush jarayoni xam
termodinamik jarayon xisoblanadi. Termodinamikaning 3-ya'ni sovish
va sovutish qonuniyatiga asoslanib, jamiyatda va fanda
xalq
xo'jaligi
uchun kerakli bo'lgan juda ko'p texnologiyalar ixtiro qilindi. Bunga
xolodilniklar, kondinsionerlar,
sovuq
havo bilan sovutib turuvchi ventilyasion qurilmalar va juda ko'p
turli xil sovutish mashinalari misol bo'la oladi. Misol uchun
havoli sovitish qurilmasining ideal siklining PV
va
TS
diagarammalari
quyidagi rasmlarda keltirilgan.
1-2
jarayonda havo R1
bosimdan
R2
bosimgacha
adiabatli siqiladi. 2-3 izobarli jarayonda harorati T2
dan T3
gacha
pasayguncha havodan issiqlik tashqi manbaga beriladi. 3-4 jarayonda
havoni adiabatli kengayishida u qo'shimcha T3
dan
T4
haroratgacha
soviydi. 4-1 izobarli jarayonda sovitiladigan xonadan issiqlik
olinadi va buning natijasida havoning harorati T4
dan
T5
gacha isiydi.
Sovutgich
mashinalarida
ishchi jism sifatida past temperaturada qaynaydigan suyuqlik
freon
qo'llaniladi. Sovutgich mashinalari
samaradorligi sovutish koeffitsienti
deb ataluvchi kattalik bilan aniqlanadi.
Bunda
-
sovutish koeffitsienti
Q2-
sovutgichdan olingan issiqlik miqdori.
A-
tashqi jismlar bajargan ish. Havoli
sovitish qurilmasining sikli qaytmas, chunki harorati
o'zgarmas
T3
ga
teng bo'lgan harorat bilan issiqlik atrof-muhitga
beriladi. Bu jarayonni yana bir fizik olim Mark Plank 1912 yilda,
statistik fizika asosida o'rganib, jarayon
harakteri kvant xossalariga borib taqalishini
nazariy jixatdan isbotladi.
Amaliyotda
entropiyaning absolyut qiymatidan emas, balki uning termodinamik
jarayondagi o'zgarishidangina foydalaniladi
.
2
ΔQ
ya'ni ΔS = S2 – S1 = ∫ ---------- ;
1 T
Entropiya farqi oxirgi entropiyadan boshlangich entropiya ayirmasiga yoki issiqlik miqdorining haroratiga bo'linmasidan iborat. Demak har qanday sovush jarayonida har qanday jismning harorati, bosimi, xajmi, va mikroskopik xolatlari o'zgaradi. Shu o'zgarishlarni xisobga olgan xolda Termodinamikaning 3-qonuni turmushimizda katta axamiyatga ega.
Qisqacha xulosalar:
1. Termodinamikaning 3-qonuni jismning harorati qanday darajada o'zgarishidan qat'iy nazar u o'zining absolyut nol yoki boshlangich haroratiga qaytishini tushuntiradi.
2. Termodinamikaning 3-qonuni issiqlik uzatish natijasida, sovutish jarayonlarini amalga oshiruvchi yo'nalishdir.
3. Sovutgich mashinalarida ishchi jism sifatida past temperaturada qaynaydigan suyuqlik, ya'ni freon yoki shunday xususiyatga ega bo'lgan moddalar qo'llaniladi.
Nazorat savollari:
Qanday jarayonlarga aylanma siklik jarayonlar deyiladi?
Termodinamikaning 3-qonuni haqida gapiring.
Termodinamikada ish qanday aniqlanadi?
Termodinamik sistemaning ichki energiyasi nimalarga bog'liq?