
_Ma'ruza - 7''' (1)
.doc7-MA'RUZA
MAVZU: Termodinamikaning 2-qonuni. Karnoning to'g'ri sikli Reja:
1. Termodinamikaning 2-qonunining moxiyati
2. Issiqlik mashinalari va ularning foydali ish koeffitsenti
3. Karnoning to'g'ri sikli haqida
Tayanch iboralar: Termodinamik tizim, foydali ish koeffitsenti, qaytar va qaytmas jarayonlar, issiqlik mashinasi, sikllar.
Termodinamikaning 2-qonuni tabiatda sodir bo'ladigan jarayonlarning amalga oshishi mumkin bo'lgan yo'nalishini aniqlaydi. "Energiya sarflamasdan xech qanday ish bajarib bo'lmasligini, sarfla- gan 100 % energiyaga yarasha xech qachon 100 % ish olib bo'lmasligini, shuning uchun tabiatda abadiy dvigatel yaratib bo'lmasligini tushuntiradi". Termodinamikaning 2-qonunini Plank quyidagicha ta'riflaydi: Issiqlik miqdorini ishga aylantirishdan iborat bo'lgan davriy jarayon amalga oshmaydi. Issiqlik mashinalari uchun har doim (F.I.K) η<1 bo'ladi. Termodinamikaning 2-qonunini Klauzius quyidagicha ta'riflaydi: Issiqlik miqdori o'z-o'zidan sovuqroq jismdan issiqroq jismga o'ta olmaydi. Fransuz muhandisi va olimi Sadi Karno 1824 yili o'zining "Olovning harakatlanuvchi kuchi" to'g'risidagi mulohazalarida termodinamikaning 2- qonunining mohiyatini bayon qildi. Harakatlanuvchi kuchni rivojlantirish uchun gazning harorati yuqori bo'lishi kerak. Shu sababli sovitish ham iloji boricha ko'proq bo'lishi lozim va yoqilg'ining ichki energiyasining hammasini ishlatishga umid qilmaslik kerak".Ya'ni yuz foiz sarflangan yoqilgidan, yuz foiz ish olish mumkin emas.
Izolyasiyalangan sistemada sodir bo'ladigan barcha jarayonlarni 2 sinfga:
Qaytar jarayonlar; Qaytmas jarayonlarga ajratiladi.
Bu
jarayonlarni o'rganish uchun izolyasiyalangan sistemada amalga
oshayotgan biror protsess tufayli jism bir xolatdan ikkichi xolatga
o'tsin, so'ng yana birinchi xolatiga qaytsin. Jismning ikkinchi
xolatdan birinchi xolatga qaytishini huddi 1- xolatdan 2- xolatga
o'tishidagi kabi xolatlar orqali va atrofdagi jismlarda hech qanday
o'zgarish bo'lmaydigan holda amalga oshsa – qaytar
jarayon
deyiladi. Jismning b
oshlang'ich
xolatga qaytishi tugallangandan so'ng, atrofdagi jismlarda yoki
jismning o'zida o 'zgarish mavjud bo'lgan holda yuz beradigan
bo'lsa-qaytmas
jarayon deb
ataladi. Muvozanatli jarayon qaytuvchan jarayon bo'ladi. Qaytmas
jarayon ishqalanish bilan o'tadigan jarayonlardir. Har qanday real
mexanik jarayon qaytmas jarayondir. Issiqroq jismdan sovuqroq jismga
issiliqlik uzatilishi ham qaytmas jarayondir. Quyida sikl
diagrammasini kurib chiqamiz.Jismni bir xolatdan 2- xolatga o'tkazib,
so'ng uni boshqa oraliq xolatlardan yana dastlabki birinchi xolatga
qaytish jarayoni – termodinamikada sikl
deyiladi.
Ikki xil sikl mavjud:
1.To'g'ri sikl yoki isitkich mashinalari sikli;
2.Teskari sikl yoki sovutkich mashinalari sikli.
T
Sikl davomida bajarilgan foydali ish, ishchi jism isitgichdan olgan va sovutgichga bergan issiqlik miqdorlarining ayirmasiga teng bo'ladi.
A
f
=
Q1
–
Q2
Issiqlik mashinalarining samaradorlik darajasi foydali ish
koeffitsi
enti
(F.I.K.) deb ataladigan kattalik bilan aniqlanadi. Bu kattalik
fransuz
injeneri Sadi Karno tomonidan kiritilgan.
Bunda η - issiqlik mashinalarining F.I.K. Isitish mashialari, bug' mashinalari, bug' turbinalari, ichki yonuv dvigatellari kiradi.
Karnoning
to'g'ri sikli
– ikkita izoterma va ikkita adiabatik jarayonlardan iborat.
Karnoning
to'g'ri sikli ideal issiqlik mashinada amalga oshadi.
Bunda
ishchi jism sifatida 1 mol ideal gaz olinib, uning boshlang'ich
parametrlari P1,Vμ1,T1
bo'lsin.
G
azni
izotermik
ravishda (T1=
const) kengaytirib, isitgichdan gaz Q1
issiqlik
miqdorini oladi. Buning natijasida gazning parametrlari P2,
,
T2
ga o'zgarib, ishchi jism isitgichdan ajratilib, gaz 2-xolatdan
3-xolatgacha
adiabatik kengaytiriladi. Bunda gaz tashqi muhit bilan issiqlik
almashmaydi. Adiabatik kengayish jarayoni tugallanganda gazning
parametrlari P3,
,
T3
bo'ladi. Shundan so'ng gaz izotermik ravishda (T2=
const) siqiladi.
Natijada
gaz izotermik
siqilishi jarayonida
sovutgichga Q2
issiqlik
miqdori beradi. Nihoyat
4
-
xolat parametrlari
P
,T4
bo'lib, gazni adiabatik ravishda siqib,
boshlang'ich xolatga qaytariladi. Natijada
sikl yakunlanadi.
Qisqacha xulosalar:
1.Issiqlik
mashinasining foydali ish koeffitsienti (FIK)
2.
Real, qaytmaydigan siklning F.I.K.
3. S.Karno issiqlik mashinasining FIK ishchi moddaning turiga bog'liq bo'lmasdan isitgich va sovitgich haroratlarning farqiga teng deydi.
Nazorat savollari:
Qanday jarayonlarga aylanma siklik jarayonlar deyiladi?
Karno sikli qanday jarayonlardan iborat.
Ishchi jism deb nimaga aytiladi?
Karno siklining FIK nimalarga bog'liq?