
_Ma'ruza - 6''' (1)
.doc6-MA'RUZA
MAVZU: Termodinamikaning 1-qonuni. Entropiya tushunchasi
Reja:
1. Termodinamikaning 1- qonunining moxiyati
2. Termodinamikaning asosiy tenglamasi
3. Entropiya tushunchasi
Tayanch iboralar: Ichki kinetik va ichki potensial energiya, tashqi kuchga qarshi ish, ishqalanish issiqligi, energiyaning o'zgarishi.
Fizika va issiqlik texnikasi fanida termodinamikaning 1- qonuni nixoyatda katta o'rin egallaydi. Bu qonun quyidagicha talqin qilinadi.
“Tabiatda
energiya yo'qdan bor bo'lmaydi va bordan yo'q bo'lmaydi, balki bir
turdan ikkinchi
turga
aylanadi xolos”.
Shuning
uchun fanda bu qonunni "Energiyaning
aylanish va saqlanish
qonuni"
deb yuritiladi.
Bunday
g'oyani fanga birinchilardan bo'lib,
rus olimi M.Lomonosov 1747-yillarda
olib kirgan va bu soxada ko'plab tadqiqotlar o'tkazgan.
Energiyaning izsiz yo'qolib
ketmasligini isbot-
lagan.Yanada
oddiyroq
qilib
aytganda jismga berilgan issiqlik miqdori, shu jismning ichki
energiyasining oshishiga xamda ish bajarishga sarf bo'ladi.
Termodinamikaning 1- qonunining yuzaga kelishida M.Lomonosovning
“Prichinы Teplo i Xolod” yoki “Issiqlik va sovuqlik sabablari”
nomli asarida keltirilgan ma'lumotlar juda muxim rol
o'ynaydi
va asosiy sababchi bo'lgan asarlardan bittasi bo'ladi.
Jismga
berilgan issiqlik miqdori –
Q,
mazkur jism boshqa jismlar ustida bajargan ish – A va jism ichki
energiyasining o'zgarishi
orasidagi munosabat quyidagicha ifodalanadi.
Q = +A
Bu yerda : Q - Berilgan issiqlik miqdori
- Jismning ichki energiyasi
A - Bajarilgan ish
Olingan tenglama termodinamikaning birinchi qonunining matematik ifodasi hisoblanadi. U quyidagicha ta'riflanadi: termodinamik tizimning ichki energiyasining o'zgarishi, tizimning issiqlik shaklida olgan energiyasi va bajargan tashqi ishining algebraik yig'indisiga teng yoki ishchi jismga issiqlik shaklida keltirilgan energiya ishchi jismniig ichki energiyasining o'zgarishiga va jismni tashqi ish bajarishiga sarf bo'ladi. Termodinamikaning birinchi qonuning tenglamasi istalgan jism uchun, ya'ni modda gaz, suyuq, qattiq, gazsimon yoki boshqa shaklda bo'lishidan qat'iiy nazar bir xil taa'lluqlidir.
Entropiya
T
ermodinamik
jarayonlarni to'liq tadqiqot qilish uchun,
tadqiqotlarni
va hisoblashlarni osonlashtirish maqsadida,
termodinamikaga R.Klauzius tomonidan gazning xolati bo'yicha
entropiya tushunchasini
kiritdi.
Entropiya
yunoncha entropia - aylanish, o'zgarish degan ma'noni beradi.
Entropiya
issiqlik sig'imiga o'hshash kJ
/
kg
K
o'lchov
birligida o'lchanadi. Entropiya S
harfi
bilan belgilanadi. Entropiya ham termodinamik tizimning xolat
funksiyasi ekanligi sababli, uni tizim ko'rsatkichlari xolatining
funksiyasi sifatida ifodalash mumkin.
Gazlarning
xolat ko'rsatkichi sifatida entropiyani grafik tarzida tasvirlash
uchun to'g'ri burchakli TS
tizimi
koordinatidan foydalanish mumkin. Bunday TS
koordinatadagi diagramma TS-diagramma
deb ataladi, issiqlik va entropiya diagrammasi deb ham ataladi.
Agarda
TS
- diagramma
izotermik jarayon T=const
bo'lsa,
jarayonning 1-2 chizig'i S
o'qqa
parallel
ketadi. Bu xolatda to'g'ri burchakning yuzasi ma'lum masshtabda
izotermik jarayonda ishtirok etgan
q
issiqlik
miqdorini ko'rsatadi.
Bu yerda:
S1 - boshlang'ich xolatdagi 1kmol gaz entropiyasi;
S2 - so'nggi xolatdagi 1kmol gaz entropiyasi.
S2
-
S1
jarayondagi entropiyaning o'zgarishi. Bu ifodadan, izobar jarayon
uchun
;
Yoki
elementar jarayon uchun
.
Bu nisbat issiqlikning
o'zgarish jarayonini sifatli harakteristikasi hisoblanadi.
Entropiyaning
o'zgarishi ichki energiya, entalpiya va ayrim termodinamik
miqdorlarning o'zgarishiga o'xshab, jarayonning kechish usuliga
bog'liq bo'lmay, balki
jismning
boshlang'ich va oxirgi xolatlariga bog'liq.
SV
=
const
bo'lgan izoxor jarayon uchun
SR
=const
bo'lgan
Adiabatik
jarayon
uchun.
Politrop
jarayon uchun
Bu yerda S - Politrop jarayonning issiqlik sig'imi.
Qisqacha xulosalar:
1. Termodinamikaning 1-qonuni bu energiyaning saqlanish va aylanish qonunidir.
2.Termodinamikaning 1-qonunining matematik ifodasi Q = +A
3. Entropiya yunoncha entropia-aylanish, o'zgarish degan ma'noni beradi.
4.Entropiya issiqlik sig'imiga o'hshash kj / kg K o'lchov birligida o'lchanadi.
Nazorat savollari:
Termodinamikaning 1-qonuni va formulasini izoxlang?
Entropiya jarayoni deganda nimani tushunasiz?
Entropiya jarayonining formulasini yozib, tushuntiring.
Termodinamikaning 1-qonuniga doir qanday misollarni bilasiz ?