Добавил:
Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:

Iqtisodiyot nazariyasi

.docx
Скачиваний:
429
Добавлен:
27.12.2022
Размер:
88.7 Кб
Скачать

IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN TEST

++++

Agar iqtisodiyotda korxona, firma, uy xo‘jaligi, alohida olingan bozorlar muammosi tadqiq qilinsa, bunday tahlil:

====

mikroiqtisodiy;

====

Iqtisodiyot nazariyasining qaysi oqimida savdo-sotiq va asosan tashqi savdo barcha boyliklarning manbai deb hisoblanadi?

====

merkantilizm;

====

Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining qaysi oqimida iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning va tartibga solishning asosiy vositasi pul deb hisoblanadi?

====

monetarizm;

====

Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nimadan iborat?

====

iqtisodiy munosabatlarni va ijtimoiy xo‘jaliklarni samarali yuritishning iqtisodiy qonun-qoidalarini o‘rganish;

====

Quyidagilardan qaysi biri umumiy iqtisodiy qonunlar jumlasiga kiradi?

====

ehtiyojlarning yuksalish qonuni;

====

Iqtisodiy jarayonlarini ilmiy bilishning qaysi usuli dalillardan asosiy qonun-qoidalar ishlab chiqishni yoki amaliyotdan nazariya tomon borishni bildiradi?

====

induksiya;

====

Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy resurslar tarkibini to‘liq aks ettiradi?

====

yer, ishchi kuchi, kapital, va tadbirkorlik layoqati;

====

Iqtisodiy resurslarning barcha turi uchun umumiy bo‘lgan xususiyat nimadan iborat?

====

nisbatan cheklangan yoki kamyob;

====

Iqtisodiyot nazariyasi fanlarning qanday guruhiga kiradi?

====

ijtimoiy fanlar;

====

Iqtisodiy qonunlar qanday xarakterga ega?

====

ob’ektiv;

Iqtisodiyot nazariyasi” fanining bosh muammosi – bu:

====

cheklangan resurslardan qanday qilib jamiyat ehtiyojlarini to‘laroq qondirib borish mumkinligi muammosi;

Iqtisodiyot nazariyasi” fanining qaysi usuli miqdoriy o‘lchamlarni tahlil qilishga asoslanadi?

====

Matematik

====

Iqtisodiyot nazariyasi” fanining qaysi usullari aniq iqtisodiy hodisa va jarayonlar hamda ulardagi o‘zgarishlarni alohida ajratib, ayni vaqtda o‘zaro bir – biriga ta’sirida o‘rganadi?

====

analiz va sintez

====

Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasini aniqlang:

====

ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligi;

====

Insonlarning iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, iste’molchilarga etkazib berish va iste’mol qilishga qaratilgan, bir – biriga bog‘liqlikda amalga oshiriladigan faoliyat qanday nomlanadi?

====

iqtisodiy faoliyat;

====

Ishlab chiqarishning yangidan boshlanib va qaytadan to‘xtovsiz takrorlanib turishi nimani anglatadi?

====

takror ishlab chiqarish;

====

Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy hodisa hisoblanadi?

====

inqiroz;

====

Iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi muqarrar takrorlanib turadigan, doimo mavjud bo‘ladigan to‘g‘ridan – to‘g‘ri yoki teskari ichki sabab – oqibat bog‘liqliklar va aloqadorliklar qanday qonunning mohiyatini anglatadi:

====

iqtisodiy qonun;

====

Qaysi iqtisodiy qonunlar kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladi?

====

umumiy iqtisodiy qonunlar;

====

Mantiqiy tahlil orqali hodisa va jarayonlarning uncha muhim bo‘lmagan belgilarini e’tibordan chetda qoldirib, eng asosiy belgilarini ajratib olish yo‘li bilan ularning mohiyatini ochib berish qaysi usul orqali amalga oshiriladi?

====

ilmiy abstraksiya.

====

Aholi ehtiyojlarining qondirilish darajasi qanday aniqlanadi?

====

aholining haqiqiy iste’moli darajasi va ehtiyojlari taqqoslanadi;

====

Alohida kishilar, korxonalar va davlat ehtiyojlarining umumiy xususiyatlari nimadan iborat?

====

cheksiz va chegarasiz;

====

Ehtiyojlarning o‘sib borish qonuni nimani anglatadi?

====

jamiyat ijtimoiy–iqtisodiy ehtiyoji miqdoran ortib va sifat jihatdan takomillashib borishin;

====

Ehtiyojlarning qondirilish usuliga asoslangan turini aniqlang:

====

bilvosita qondiriladigan ehtiyoj;

====

Kishilar hayot kechirishining birlamchi shartihayotiy zarur vositalar (oziqovqat, kiyimkechak, turarjoy) va zebuziynat buyumlariga (mebel, avtomobil, xolodilnik, televizor, dala hovli) bolgan ehtiyoj qanday nomlanadi:

====

moddiy ehtiyoj;

====

Haqiqiy iste’mol (Ih)ning, umumiy ehtiyoj (Eu)ga bo‘lgan nisbati qanday ko‘rsatkichni ifodalaydi?

====

ehtiyojning qondirilish darajasi;

====

Ishlab chiqarish omillari egasi: yer, kapital, mehnat, tadbirkorlik hisobiga mos ravishda yaratilgan mahsulotdagi ulushini qaysi ketma-ketlik shaklida oladi?

====

yer rentasi, foiz-dividend, ish haqi, foyda;

====

Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi bu...

====

ishlab chiqarish natijasi (mahsulot)ning sarflangan xarajatlarga nisbati;

====

Iqtisodiy faoliyat turlaridan qaysi birining natijasida moddiy-ashyoviy ko‘rinishdagi ne’matlar yaratiladi?

====

ishlab chiqarishda;

====

Bir mahsulot boshqasiga ma’lum miqdoriy nisbatlarda ayirboshlanishi qanday nomlanadi?

====

barter (maxsulot) ayirboshlash

====

Tovar(xizmat)lar pul vositasida oldi-sotdi yo‘li bilan ayirboshlanishi qanday nomlanadi?

====

tovar ayirboshlash;

====

Iste’mol tovarlari va xizmatlar kishilar tomonidan bevosita iste’mol qilinganda qanday iste’mol ro‘y beradi?

====

shaxsiy iste’mol;

====

Insonlarning mehnat qilish layoqati, ya’ni uning jismoniy va aqliy qobiliyati qanday nomlanadi?

====

ishchi kuchi;

====

Yalpi ichki maxsulot, sof milliy maxsulot va milliy daromad ko‘rsatkichlari ishlab chiqarishning qaysi darajadagi natijasini ifodalaydi?

====

makro darajadagi;

====

Vaqt birligida ishlab chiqarilgan maxsulot miqdori yoki maxsulot birligini ishlab chiqarishga ketgan vaqt qanday ko‘rsatgichni ifodalaydi?

====

mehnat unumdorligini;

====

Iqtisodiy muammolar qisman bozor, qisman hukumat tomonidan echilar ekan, bunday iqtisodiyot:

====

aralash iqtisodiyot

====

Jamiyat iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko'ra:

====

an’anaviy jamiyat, o‘tkinchi jamiyat, industrial jamiyatga o'tish, industrial jamiyat, ommaviy iste’mol jamiyati

====

Iqtisodiy tizimning qaysi nusxasi (modeli)da xususiy mulkning ustunligi va boshqarishning bozor mexanizmi ta’minlanadi?

====

bozor iqtisodiyoti;

====

Nima, qanday, kim uchun ishlab chiqarish muammolari qaysi tizimga aloqador?

====

faqat bozor iqtisodiyotiga;

====

Iqtisodiy tizimning mulkiy jihatdan turkumlangan turini aniqlang:

====

poliiqtisodiyot.

====

Xususiy mulk ustuvorlikka ega bo‘lgan va iqtisodiy jarayonlar bozor mexanizmi orqali tartibga solinadigan iqtisodiyot qanday nomlanadi?

====

bozor iqtisodiyoti;

====

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, bu ...

====

davlat mulkini nodavlat mulk va boshqa xo‘jalik yuritish shakllariga aylantirish;

====

Mulkiy munosabatlarning qaysi jihati to‘liq mulkdorlik mavqeini ta’minlaydi?

====

mulkni tasarruf qilish;

====

Shaxsiy va oilaviy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladigan fuqarolar mulki qanday nom bilan ataladi?

====

shaxsiy mulk;

====

Pulning qaysi vazifasi narxning shakllanishi bilan bog‘liq?

====

qiymat o‘lchovi;

====

Natural xo‘jalik bu?

====

bozorda sotish uchun emas, balki xo‘jalikning o‘z xodimlari va ishlab chiqaruvchilarning iste’moli uchun mahsulotlar ishlab chiqaradigan xo‘jalik;

====

Mahsulotning bozor uchun, ayriboshlash orqali boshqalarning ehtiyojini qondirish maqsadini kozlab ishlab chiqarilishi ijtimoiy xojalikning qanday shaklini tashkil qiladi?

====

tovar xo‘jaligi;

====

Bozor iqtisodiyotining muhim afzalliklaridan biri :

====

iqtisodiy resurslarni samarali taqsimlash;

====

Bozor iqtisodiyotining qaysi sub’ekti iqtisodiy resurslarni etkazib beruvchisi va pirovard mahsulotlarning asosiy iste’molchisi hisoblanadi?

====

uy xo‘jaliklari;

====

Quyidagilardan qaysi biri bozor mexanizmining tarkibiy qismini xarakterlaydi?

====

narx, raqobat, talab va taklif;

====

Bozor iqtisodiyotida bozor, ishlab chiqarish kimning izmiga bo‘ysunadi?

====

iste’molchilarning;

====

Bozor iqtisodiyotining salbiy tomoni nimada namoyon bo‘ladi?

====

pul daromadlarining notekis taqsimlanishida;

====

Birlamchi va ikkilamchi bozor tushunchasi qaysi bozorga xos?

====

qimmatli qog‘ozlar bozoriga;

====

Sof iqtisodiy ma’noda «bozor» tushunchasi nimani anglatadi?

====

ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) va iste’molchi (xaridor)larning

tovarlarini ayirboshlash xususidagi harakatini o‘zaro kelishtiruvchi mexanizmlar, tartiblar va infrastruk turaviy tuzilmalar tizimini;

====

Bozorning hududiy qamrov darajasiga ko‘ra turkumlangan turini aniqlang?

====

jahon bozori;

====

Quydagilardan qaysi biri moliya bozorning tarkibiga kirmaydi ?

====

intellektual tovarlar bozori;

====

Ish bilan ta’minlanmaganlarni qayta o‘qitish va yangi kasbga tayyorlash qaysi muassasa tomonidan amalga oshiriladi?

====

Mehnat birjasi;

====

Quydagilardan qaysi biri bozor infratuzilmasining ayirboshlashga xizmat ko‘rsatuvchi muassasasi hisoblanadi?

====

tijorat do‘konlari;

====

Bozorda juda ko‘p sotuvchilar va xaridorlar mavjud bo‘lib, ulardan hech biri bozor baholariga o‘z ta’sirini o‘tkaza olmasa, hamda bozorga kirish uchun hech qanday to‘siqlar bo‘lmasa bu qanday bozorni xarakterlaydi?

====

sof raqobatli bozor;

====

Davlat monopoliyalarga qarshi faoliyatni qanday maqsadda amalga oshiradi?

====

tadbirkorlik va erkin raqobatni himoya qilish maqsadida;

====

Bozor iqtisodiyotini tartibga solishning qaysi usuli raqobat, narx, talab va taklif nisbatiga asoslanadi?

====

bozor mexanizmi;

====

Ishlab chiqarish hajmi o‘zgarmasdan, bir me’yorda takrorlanib turishi qanday takror ishlab chiqarishni bildiradi?

====

Oddiy

====

Real ish haqining to‘g‘ri ta’rifini toping:

====

nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo‘lgan tovarlar va xizmatlar miqdori;

====

Iste’mol tovar (xizmat) lari narxi 50 % ga tushib, nominal ish haqi 50 % ga oshsa, real ish haqi darajasi qanday o‘zgaradi?

====

real ish haqi 3,0 marta ortadi;

====

Ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori yoki bajarilgan ishning hajmiga qarab belgilanadigan ish haqi qanday nomlanadi?

====

ishbay;

====

Ish haqi mahsulot birligi uchun belgilangan yagona rassenka bo‘yicha to‘lab borilsa ishbay ish haqining qanday turi qo‘llanilgan bo‘ladi?

====

oddiy ishbay;

====

Ishlab chiqarishning me’yorlashtirilgan hajmi uchun qat’iy belgilangan va undan ortiqchasiga o‘sib boruvchi rassenka asosida ish haqi to‘lab borilsa ishbay ish haqining qanday turi qo‘llanilgan bo‘ladi?

====

ishbay progressiv;

====

Mamlakat hududlari, iqtisodiyot tarmoqlari, ishlab chiqarish va kasb turlari, hodimlar toifasi hamda aniq xizmat vazifasini bajaruvchilar bo‘yicha ish haqi darajasini tabaqalashtirish qanday amalga oshiriladi?

====

ta’rif tizimi yordamida;

====

Unumli va shaxsiy iste’mol uchun sotib olingan tovar va xizmatlarning bozor qiymati – bu:

====

pirovard mahsulot;

====

Iqtisodiy islohotlar nima?

====

iqtisodiyotda bozor munosabatlarini hakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar;

====

Davlat mulkini xususiylashtirishning dastlabki bosqichida qanday vazifa amalga oshirildi?

====

kichik xususiylashtirish amalga oshirildi;

====

Oddiy tovar xo‘jaligidan erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyotiga va undan hozirgi zamon madaniy jixatdan rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o‘tish qaysi mamlakatlarga tegishli?

====

rivojlangan mamlakatlarga;

====

Respublikada narxlar qaysi davrdan boshlab erkinlashtirila boshladi?

====

1992 yildan;

====

Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning aralashuvini kengaytirish g'oyasini kim ilgari surgan?

====

Dj.M.Keyns

====

Ishlab chiqaruvchilar tayyorlagan mahsulotlariga ko‘zda tutilgan muddatdan nisbatan avvalroq yuqori narx belgilashga majbur bo‘lishdi, u holda ...

====

talab qisqaradi;

====

Agar tovarning narxi 1 % ga tushishi unga bo‘lgan talabni 2 % ga ortishiga olib kelsa, u holda talab:

====

egiluvchan;

====

Iqtisodiy hayotda shunday holat yuz berish mumkinki, ayrim tovarlarga narxlar osishi bilan ularga bolgan talab kamaymasdan balki ortib, boradi. Bu holat qanday nomlanadi?

====

Giffen samarasi;

====

Talab hajmining uning miqdorini belgilovchi omillarga bog‘liqligi qanday nomlanadi?

====

talab egiluvchanligi;

====

Tabiiy monopoliyaga ... misol bo‘la oladi.

====

Toshkent metropoliteni

====

Oligopoliya – bu:

====

bir necha yirik raqobatdosh firmalar

====

Raqobatning qaysi shaklida ishlab chiqaruvchilar bozor narxlarini to‘liq nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi?

====

sof monopoliya;

====

Narx vositasida raqobat usuliga kiradi:

====

narxlardan chegirma qilish

====

Quyidagilardan qaysi biri iste’molchilar o‘rtasidagi raqobatni tavsiflaydi?

====

ko‘proq naflilikka ega bo‘lish.

====

Mahsulotning yagona ishlab chiqaruvchisi mavjud bo‘lib, bozorga kirish uchun to‘siqlar katta ya’ni taqiqlash bilan barobar bo‘lgan raqobat shaklini ko‘rsating?

====

monopoliya

====

Narx yordamida raqobatlashishning qaysi turida milliy ishlab chiqaruvchilar tovarlarni tashqi bozorga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollarda tannarxdan ham past bo‘lgan narxlarda chiqaradi?

====

demping narxlarni qo‘llash

====

Iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy va texnologik xususiyatlarga ko‘ra raqobatni qo‘llash mumkin bo‘lmagan yoki qo‘llanish qiyin bo‘lgan sohalar qanday nomlanadi?

====

tabiiy monopoliyalar;

====

Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narxlar qanday nom bilan ataladi?

====

dotatsion narx

====

Narxlar oralig‘idagi farqlarning puldagi miqdoriy ifodasi qanday nom bilan ataladi?

====

narx diapozoni

====

Narx tovar qiymatining puldagi ifodasi” degan qarash qaysi oqimga tegishli?

====

klassik (A. Smit, D. Rikardo, J.S. Mill);

====

Qaysi nazariyada xarajatlar nisbatidagi farq aynan olingan mamlakatda qaysi tovarlarni ishlab chiqarish, qaysilarini ayirboshlash orqali chetdan olish lozimligi asoslanadi?

====

D. Rikardoning ,,Nisbiy ustunlik” nazariyasi;

====

O‘zbekistonda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishdan ko‘zlangan qaysi maqsadga iqtisodiyotni mutanosib va barqaror rivojlantirish asosida erishib boriladi?

====

aholi turmush farovonligini o‘stirib borish.

====

Ehtiyojlarni yuksalish qonuni qanday qonunlar toifasiga kiradi?

====

umumiqtisodiy;

====

Sof monopoliya nima?

====

Ishlab chiqaruvchi yagona

====

Monopsoniya nima?

====

Iste'molchi yagona

====

Quyidagilardan qaysi biri mehnat resurslari tarkibiga kirmaydi?

====

Balog‘at yoshiga etmagan va pensiya yoshidagi ishlamaydiganlar.

====

Mehnat resurslari miqdoriga ta’sir qiluvchi omillarni toping?

====

aholining tabiiy o‘sishi va ishchi kuchi migratsiyasi;

====

Oligopoliya nima?

====

Ishlab chiqaruvchi bir nechta

====

Aholining yuqori daromad oluvchi qismi uchun mo‘ljallangan narx nima?

====

nufuzli narx;

====

Moliya bozori ob’ekti nima?

====

pul va qimmatli qog‘ozlar

====

Tovarnlari katta hajmda sotishda … da sotiladi.

====

ulgurji narx;

====