
- •2019-2020 O’quv yili
- •I bob.Bioetika to’g’risida tushuncha.
- •1.Tibbiyot bioetikasi tushunchasi va uning vazifalari
- •2.Tibbiyot bioetikasi fani o’rganuvchi muammolar
- •3.Tibbiyot bioetikasi muloqot modellari
- •II bob.Tibbiyot deontologiyasi va uning asoslari.
- •2.Tibbiyot deontologiyasi muloqot munosabatlari.
- •3. Deontologiyaning asosiy qoidalari.
- •4.Tibbiyot deontologiyasi asosiy atamalari.
- •5.Tibbiyot oliy o’quv yurtlari talabalarining deontologiyasi.
- •III bob. Yatrogеniya. Bеmorlar bilan vеrbal va novеrbal muloqot qilish. Maslahat bеrish qoidalari va ko’nikmalari. Kеksa yoshdagi bеmorlar bilan muloqot qilish. Tibbiyotda yatrogeniya muammolari.
- •1. Yatrogeniya to’g’risida ma’lumot.
- •2. Yatrogeniya guruxlari va ularni yuzaga keltiruvchi sabablar.
- •3. Yatrogeniya turlari.
- •IV bob. Evtanaziya muammolari.
- •1. Evtanaziya tushunchasi.
- •2. Evtanaziya turlari
- •V bob. Patsientlarning xarakteri va ruxiy xolati
- •1.Patsientlarning xarakteri va ruxiy xolatini muloqot o’rnatishdagi axamiyati
- •2.Temperament va uning tiplarini bemorlar bilan muloqotdagi axamiyati.
- •3.Emotsiyalar. Normadagi va patalogiyadagi emotsiyalar.
- •Asosiy emotsiyalar turlari.
- •5.Emotsional xolatlarni asosiy turlari va ularni farqlovchi belgilar.
- •6.Emotsional xis tuyg’ularni muloqotdagi axamiyati.
- •Meditsina xodimining bemorni turli emotsional xolatlaridagi taktikasi.
- •VI bob. Pasient bilan verbal va noverbal muloqot va uning elementlari.
- •1. Pasient bilan muloqotning verbal va noverbal turlari va uning elementlari.
- •Bemor bilan muloqotda verbal muloqot va uning elementlari.
- •3 .Verbal muloqotning asosiy shartlari va qoidalari
- •4. Verbal muloqot bar’erlari
- •5. Noverbal muloqotni axamiyati va uning elementlari.
- •6. Noverbal muloqot elementlari.
- •7. Noverbal muloqot elementlarini qo’llashga tavsiyalar.
- •VII bob. Konsultasiya. Konsultasiya turlari va qoidalari.
- •1. Konsultasiya tushunchasi.
- •2.Konsultasiya turlari.
- •3. So’rab-surishtirish uslublariga doir
- •4. Konsultasiyani tamoyillari:
- •5. Konsultasiya qoidalari:
- •6.Shifokor uchun suxbat olib borish qoidalari:
- •7. Konsultasiya o’tkazilish xolatlari.
- •8. Bemor bilan muloqat o’rnatish uchun zaruriy kommunikasiya ko’nikmalari:
- •VIII bob Turli xastaliklarda bemor bilan muloqotning o'ziga xos xususiyatlari
- •1.Klinikaning ayrim bo’limlaridagi muloqotga doir.
- •2.Ruhiy bemorlar bilan muloqot.
- •3.Narkoman - bemor bilan muloqot .
- •4. O 'limi tez orada muqarrar bo'lgan bemorlar bilan muloqot.
- •5.Yuqumli kasalliklar bilan og 'rigan bemor bilan muloqot.
- •6.Jarrohlik bo'limidagi bemorlar bilan muloqot
- •7.Ginekologiya va tug 'riq bo 'limidagi bemorlar bilan muloqot.
- •8.Pediatriyada muomala odobi.
- •9.Bemor qaringdoshlari bilan muloqot.
- •10. Miokard infarkti bilan og'rigan bemorga beriladigan savol va maslahatlar:
- •IX bob. Keksa organizmning fiziologik xususiyatlari. Keksa bemorlar bilan muloqotning o’ziga xosligi.
- •1. Gerontologiya fani to’g’risida umumiy tushuncha.
- •2. Gerontologiya fani tarkibiy qismlari.
- •3. Inson organizmi yosh ko’rsatkichlari bo’yicha tasnifi.
- •4. Qariya organizmni o’ziga xos xususiyatlari
- •5.Qariyalar asab tizimidagi o’ziga xos o’zgarishlar
- •6.Qariyalar ruxiyatidagi o’ziga xos o’zgarishlar
- •7.Qariyalar endokrin tizimi
- •8.Qariyalar yurak – qon tomir tizimi
- •9. Qariyalar nafas olish tizimi
- •10. Qariyalar xazm tizimi
- •11. Qarilarda eng ko’p uchrovchi kasalliklar
- •X bob. Og’ir va o’layotgan bemorlar bilan muloqotning o’ziga xosligi. O'limning psixologik bosqichlari.
- •2. O'limning psixologik bosqichlari.
- •Bemorlar yaqinlariga ruhiy madad berish.
- •Ko’z konyunktivasiga dorilarni mahalliy qo’llash
- •Tеri ichi in'еktsiyasi
- •Tеri osti in'еktsiyasi
- •Venaga in’yeksiya qilish
- •Dorini tomchilab venaga yuborish
- •Dori vositalarini yozish va saqlash qoidalari
- •Glossariy
- •Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги абу али ибн сино номидаги бухоро давлат тиббиёт институти
- •Биоэтика фанининг ўқув дастури
- •I.Ўқув фанининг долзарблиги ва олий касбий таълимдаги ўрни
- •II.Ўқув фанининг мақсади ва вазифаси
- •III.Асосий назарий қисм (маъруза машгулотлари) (маъруза режага киритилмаган)
- •IV. Амалий машғулотлар бўйича кўрсатма ва тавсиялар
- •Фаннинг назарий машғулотлари мазмуни
- •V.Мустақил таълим ва мустақил ишлар
- •VI. Асосий ва қўшимча ўқув адабиётлар ҳамда ахборот манбаалари Асосий адабиётлар
- •Қўшимча адабиётлар
- •Bioetika fani bo’yicha ishchi o’quv dastur Ta'lim yo’nalishi
- •5510900 – Tibbiy-biologiya
- •Amaliy mashg’ulotlarning tеmatik rеjalari
- •Тематические планы практических занятий
- •Thematic plans of a practical training
- •The maintenance that of a practical training
- •Мустаqил ишини ташкил этишнинг шакли ва мазмуни
- •Talabalar mustaqil ishlarining tеmatik rеjasi
- •Тематические планы самостоятельных работ
- •Thematic plans of independent works
- •Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati
- •Интернет сайтлар:
- •Bioetika fanidan test savollari
- •«Bioetika» fanidan talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning rеyting tizimi to’g’risida
- •I. Umumiy qoidalar
- •II. Nazorat turlari va uni amalga oshirish tartibi
- •III. Baholash tartibi va mеzonlari
- •IV. Nazorat turlarini o’tkazish muddati
- •V. Rеyting natijalarini qayd qilish va tahlil etish tartibi
- •VI. Yakuniy qoidalar
VIII bob Turli xastaliklarda bemor bilan muloqotning o'ziga xos xususiyatlari
1.Klinikaning ayrim bo’limlaridagi muloqotga doir.
Mazkur qo'llanmadagi ma'lumotlar asosan terapiya bo'limidagi bemorlar hamda shifokor-hamshira muloqotiga ta’alluqlidir. Tibbivot amaliyotida kasallik turlari yuzlarcha. Bular bilan qanday muomala qilish zarur? Bemorlarni xastaligi kechuvi turli kasalliklarda o’ziga xosligi, bemorlarni yoshi, bo’limlardagi muolaja jarayonlarining o’ziga xosligi tufayli muloqot xam bir biridan farq qiladi.
Qo'yilgan savolga javob berishni tartiblashtirish maqsadida kasallik turlaridan kelib chiqib, muloqotni quyidagi guruhlarga bolamiz:
1. Ruhiy bemorlar bilan muloqot.
1. O'limi tez orada muqarrar bemorlar bilan muloqot.
3. Yuqumli kasalliklar bilan og'rigan bemorlar bilan muloqot.
4. Jarrohlik bo'limidagi bemoriar bilan muloqot.
5. Ginekologiya va tug'ruq bo'limidagi bemorlar bilan muloqot.
6. Pediatriya muomala odobi.
7. Bemor qarindoshlari bilan muloqot.
2.Ruhiy bemorlar bilan muloqot.
Ruhiy kasalliklar shifoxonasida tibbiyot xodimlari bemorlarga yumshoq muomalali, sabrli bolishlari kerak. Iliq munosabatlarni o'rnatish, avvalombor, bemorning ishonchini qozonish darkor. Buning uchun shifokordan bag'rikenglik, qat'iyat, muloyimlik, mehr-muruvvat, to'g'ri so'zlik talab qilinadi. Aksincha, yolg'on so'zlash, mug'ombirlik qilish kasalning shifokorga boigan ishonchini yo'qotadi. Davolash jarayoni uchun muhim bo'lgan ichki olam sirlarini ruhiy bemor ochmaslikka harakat qiladi. Shuni ta'kidlash kerakki, aksariyat ruhiy bemorlar o'ta sezgir bo'lib, samimiylikni soxtalikdan tezda ajratib oladilar.
Ruhiy kasallikka chalingan har qanday bemor shifokor, hamshiradan o'ziga nisbatan alohida e'tibor, mehr talab etadi. Shunday ekan, bu munosabatning ikki tomonlama bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Hosil bolgan vaziyat nihoyatda qaltis. Bemor o’z shifokoridan kutgan iliq munosabatni, mehr-muruvvatni ko'rmasa, undan ko'ngli qoladi. Natijada hatto o'z vaqtida amalga oshirilgan kimyoviy va hatto ruhiy muolajalar ham samara bermay qolishi mumkin. Shifokor bemori bilan muloqotda ana shunday «jarlik» yoqasiga kelib qolmasligi kerak. Ruhiy bemorlar bilan muomala qiluvchi shifokor nihoyatda kuchli irodaga ega bo'Isagina ko'zlangan maqsadiga yetishi oson bo'ladi. Aks holda mazkur kasbni tanlaganiga tezda pushaymon bo'lib qolishi mumkin.
Demak, ruhiy kasallik bilan og'rigan bemor bilan muomalada shifokor va hamshiradan an‘anaviy talablardan tashqari katta sabr-toqat talab etiladi.
3.Narkoman - bemor bilan muloqot .
Narkoman bemor tushkunlik kabi og'ir holatga o'zining o'ta irodasizligi tufayligina tushib qoladi. Bemordagi qusur va kamchiliklarni ochiq-oydin ko'rsatish davo jarayoniga zarar keltirishi mumkin. Muloqot chog'ida bemorning kundan-kunga ahvoli yaxshilanib borayotganini, mushohadasi tiniqlashayotganini, so'zlashganda talaffuzi aniqlashayotganini, nigohlari esa oydinlashayotganini, gap orasida (urg'u bermasdan) aytib o'tish durust boladi. Ruhiy muolaja, albatta, mehnat terapiyasi bilan uyg'uniikda olib borilsa, samaraliroq boiadi.
Shuningdek alkogolizm, narkomaniya muammosini hal qilishda o'zaro ishonch asosida muloqot o'rnatish muhimdir. Ko'pincha, bunday kasallar o'zlarini, «mutloq sog'» deb hisoblaydilar va o'z «qobiqlariga» kirib qoladilar. Bunday bemorlarga uning kimlargadir kerakligini, uni faqat o'zi uchun emas «kimdir» uchun ham tuzalishi va yashashi lozimligiga ishontirish, ruhiy dalda berish, kasallikni yengish uchun ishonch paydo qilish kerak. Bu o'rinda bemor yaqinlarining yordami benihoya katta.