Добавил:
Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:
Скачиваний:
86
Добавлен:
17.12.2022
Размер:
8.74 Mб
Скачать

Menejment atamasining ilmiy iste’molga kiritilishi jarayoni

Toshkent-2019

Reja:

Kirish

Asosiy qism

1.Menejment atamasi va uni muomalaga kiritilishi

2.Menejmentning ilmiy maktablari

3.Ozbekistonda boshqaruvni rivojlanishi

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

Darhaqiqat, bugungi globallashuv davrida mamlakatlarda turli xalqaro tashkilot va bozorlar bilan birgalikda ulkan kompaniya va korporatsiyalar tashkil etilmoqda. Bunday tashkilotlarning samarali faoliyati amalga oshirishi, ulkan Tovar bozorida o‘z ulushiga ega bo‘lishi uchun shubhasiz yaxshi boshqaruvga ehtiyoj paydo bo‘ladi.

MENEJMENT

inglizcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida «boshqaruv» ma’nosini ifodalaydi. Asrimizning 60-yillarida menejment amerikacha boshqaruv deb tushunilgan, keyinchalik «ilmiy boshqaruv» deb yuritila boshlangan.

AQSHda hozirgi zamon boshqaruvini asr boshida vujudga kelgan deb hisoblashadi va F.Teylor nomi bilan bog‘lashadi. Teylor «boshqaruv aniq qonun va qoidalarga tayanadigan haqiqiy ilm» degan edi.

Shunday qilib, “menejment” atamasi zamonaviy tashkilotni boshqarishga nisbatan qo‘llaniladi, shu vaqtda esa boshqa maqsadlar uchun boshqa atamalar, masalan: government admiristration – davlat boshqaruvi va publik admiristration – ijtimoiy boshqaruvdan foydalaniladi. Bizning sharoitlarda buning uchun

“tashkil qilish”

“tartibga solish”

“boshqarish”

va “ma’muriy boshqarish” atamalarini qo‘llash kerak

Boshqarish nazariyasini va amaliyotini ko‘rib chiqar ekanmiz, uni bir necha tarixiy davrlarga bo‘linishining guvohi bo‘lamiz

BIRINCHI DAVR – QADIMIY DAVR. U eramizdan oldingi 9-7 minginchi yillardan taxminan XVIII asrgacha bo‘lib, eng uzoq davrni o‘z ichiga olgan. U bilimning mustaqil sohasi bo‘lib ajralgunga qadar, insoniyat boshqarish tajribasini zarralab yig‘a boshladi. Birgalikda mehnatni tartibga solish va tashkil qilishning eng birinchi, oddiy, boshlang‘ich shakli ibtidoiy jamoa tizimi bosqichida mavjud bo‘lgan. Bu davrda boshqarish urug‘, jamoa, qabila a’zolari bilan birgalikda maslahatlashib amalga oshirilgan.

Qadimiy Misrda davlat xo‘jaligini boshqarish bo‘yicha boy tajriba to‘plandi. Bu davrda

(eramizdan avvalgi 3000– 2500-yillar) yetarli darajada rivojlangan davlat boshqarish apparati va unga xizmat qiluvchi qatlam (amaldor- mirzalar) shakllandi.

Birinchilar qatori boshqarishga faoliyatning alohida sohasi sifatida tavsif bergan Suqrotdir. U boshqarishning turli shakllarini tahlil qilish asosida boshqarishning universallik prinsipini tadqiq qildi.

Platon davlat boshqarish shakli klassifikatsiyasini yaratdi.

Boshqarish organlari funksiyalarini chegaralashga harakat qildi.

Aleksandr Makedonskiy harbiylarni boshqarish nazariyasi va amaliyotini rivojlantirdi. Keltirilgan materiallar boshqarish sohasida bilimlarni to‘plash jarayonini u yoki bu tomondan tavsiflasada, barcha voqealar va sanalarni qamrab ololmaydi, ammo ushbu sharh yangi fan va san’at menejmentning boshlang‘ich rivojlanish bosqichida nimalarga e’tibor berilganligini tasavvur qilish imkonini beradi.

Соседние файлы в папке Инсон ресурслари социологияси