Добавил:
Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:
2-семестр учун / 9 мавзу / 9-слайд (интервью социологик суров методи сифатида).pptx
Скачиваний:
26
Добавлен:
17.12.2022
Размер:
61.06 Кб
Скачать

Intervyu metodi

Intervyu usuli

So’rov usullari ikkiga bo’linadi, ular anketa so’rovi va intervyudir. Intervyuning bir necha shakllari mavjud. Suhbat tarkibiy tuzilishiga ko’ra:

hujjatli intervyu (o’tmish hodisalarini o’rganish va dalillarni aniqlash) ;

fikrlar bildirish intervyusi (baho berish, qarashlari va munasabatlarini ko’rsatib berish);

mutaxassis va ekspertlar bilan bo’ladigan intervyu (tashkiliy jarayonlari va protsedurasi bilan oddiy intervyudan farq qiladi).

Intervyuning turlari: standartlashtirilgan va erkin

Standartlashtirilgan intervyu:

Turar joyida;

Ish joyida.

Intervyu olish texnikasiga ko’ra ham erkin, standartlashmagan va rasmiylashgan ( Shuning bilan birga yarim standartlashgan) intervyular farqlanadi.

Erkin intervyu:

Turar joyida;

Ish joyida.

Erkin-intervyu bu uzoq davom etuvchi suhbat bo’lib, umumiy dastur bo’yicha savollar qat’iyligi kuzatilmaydi. Bu usul tadqiqotni rejalashtirishda

razvedka vazifasini o’taydi.

Standartlashgan intervyu

Standartlashgan intervyu rasmiylashgan intervyu kabi butun jarayonni qat’iy ishlab chiqishni talab etib, suhbat umumiy rejasida savollar aniqligi, ketma-ketligi va javoblar varianti ehtimolligi biriktirilgan bo’ladi.

Intervyu o’ziga xosligini inobatga olib intensiv («klinik», chuqur, uzoq muddatli) va fokuslashgan respondent tor ta’sir doirasiga ko’ra belgilanadi.

Klinik intervyu maqsadiga ko’ra: respondent ichki motivlari, istak ishtiyoqi to’g’risida ma’lumot olish.

Fokuslashgan intervyu maqsadi esa ko’rsatilgan ta’sir asosida subyekt reaktsiyasi to’g’risida ma’lumot yig’ish. Uning yordamida misol uchun inson axborotning alohida jabhalariga munosabat bildirishi aniqlanadi (matbuot, ma’ruza va shu kabilarga). Bunda axborot tekisti oldindan kontent-tahlil yordamida tahlil etiladi. Tahlil natijasida olingan ma’lumot birliklarni aynan qaysilari respondent tomonidan e’tiborga olinganligi aniqlanadi.

Yo’naltirilmagan intervyu shakli «terapevtik» xarakterga ega bo’lib, tashabbus to’la respondent tomonida bo’ladi, intervyu esa faqat «yuragidagilarni bayon etishga» yordam beradi.

Narrativ intervyu – intervyurerning erkin bayon etishga, turmush izohini ochib berishga yo’naltirishi kuzatiladi.

Tashkil topish usuliga ko’ra guruh va individual intervyu shakliga bo’linadi. Birinchi holatda intervyuer guruh bilan suhbat bog’lashga harakat qiladi. V.Pozner televizion uchrashuvlari bunga misol bo’lishi mumkin. Telefon orqali bog’lanishlar fikrlar bayonini ochib berishga imkon yaratadi.

Соседние файлы в папке 9 мавзу