- •Empirik sotsiologiyaning shakllanishi va rivojlanishi.
- •Sotsiologik tadqoqotlar asosiy tushunchalarining mazmun-mohiyati: metodologiya, metodika, texnika va protsedura.
- •Sotsiologik tadqiqotlarning tarkibiy tuzilmasi.
- •Empirik sotsiologiyaning shakllanishi va rivojlanishi.
- •Sotsiologik tadqoqotlar asosiy tushunchalarining mazmun-mohiyati: metodologiya, metodika, texnika va protsedura.
- •Sotsiologik tadqiqotlarning tarkibiy tuzilmasi.
- •Adabiyotlar ro’yxati
Sotsiologik tadqiqotlarning tarkibiy tuzilmasi.
Amaliy sotsiologiya uch darajaga bo’linadi: metodologik, metodik va protsedurali (2-rasm).
2-rasm. Amaliy sotsiologiyaning darajalari
Metodologik darajada tadqiqot obyektini tahlil qilishning gnoseologik paradigmasini tushunish o’rinli. Metodik darajada ijtimoiy hodisa va jarayonlarni sotsiologik o’lchov amalga oshiriladi. Proseduralari darajada tashkiliy, texnik va moliyaviy chora-tadbirlar amalga oshirilib, sotsiologik tadqiqotning butun texnologiyasi amaliyotga tatbiq etiladi. Amaliy sotsiologiyaning qoida va tartiblarni umumiy yig’indisi asosida o’rganilayotgan ijtimoiy hodisaning sotsiologik modeli hosil qilinadi.
Amaliy sotsiologik tadqiqotlar bir-birini to’ldiruvchi 4 asosiy tashkiliy bosqichlar ketma-ketligida tashkil etiladi:
tadqiqotning metodologik va metodik tayyorgarligi;
birlamchi sotsiologik ma’lumotni to’plash;
to’plangan ma’lumotlarni qayta ishlash va kompyuter dasturlariga kiritishga tayyorlash;
qayta ishlangan ma’lumotni analitik tahlili
Sotsiologik tadqiqot muammoni o’rganishda imkon qadar obyektivlikga qaratilgan tizimli tadbirlarni amalga oshirish va muayyan ketma-ketligini nazarda tutuvchi bosqichlardan iborat bo’ladi.
Birinchi bosqichda muammoni tanlash zarur, bunda e’tibor talab etadigan va ilmiy metodlar yordami bilan ta’sir etuvchi jihatlarni hisobga olish zarur.
Ikkinchi bosqichda o’rganilayotgan mavzuga oid adabiyotlar va mavjud nazariyalarni o’rganishga to’g’ri keladi.
Uchinchi bosqichda tadqiqotning dasturi shakllantiriladi: tadqiqotning maqsadi, uning vazifasi, rejasi, talangan muammoning dolzarblik asosidagi ilmiy farazi, ma’lumotlar yig’ish metodlari, tadqiqot natijalarini qayta ishlash, tadqiqotning o’tkazish muddatlari va boshqa tashkiliy jihatlar belgilab olinadi.
Gipoteza – o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarni tushuntirishda tasdiqlash va rad etish uchun ilgari suriladigan ilmiy faraz. Dastlabki ilgari surilga gipoteza butun tadqiqot jarayonini ichki mantig’ini oldindan belgilab berishi mumkin. Gipotezlar – bu o’rganilayotgan muammolarni yuzaga kelish sabablarining tavsifi borasida aniq va noaniq bildirilgan takliflar. Ta’kidlab o’tish lozimki, ilmiy farazni aniq ifoda qilish sotsiologik tadqiqotni o’tkazishda prisipial ahamiyatga ega. Ta’kidlash o’tish lozimki, tadqiqot maqsadidan kelib chiqqan holda, tavsiyalar ishlab chiqishga ta’sir ko’rsatuvchi, ilmiy farazning aniq ifodasi sotsiologik tadqiqot o’tkazishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Sotsiologik tadqiqotning to’rtinchi bosqichi bevosita dastlabki ma’lumotlarni yig’ishdan iborat bo’ladi. Shu o’rinda ma’lumotlar yig’ishda turli metodlar qo’llanishi mumkin: anketa o’tkazish yoki intervyu olish shaklidagi sotsiologik so’rov; kontent-tahlil (tadqiqotchilar qaydnomasi, xujjat va va boshqa ma’lumotnomalardan ko’chirmalar); kuzatish eksperiment va boshqa metodlar.
Beshinchi bosqichda olingan ma’lumotlarni elektron qayta ishlash amalga oshiriladi. Bunda to’plangan ma’lumotlar kompterdagi mahsus dasturlar (Excel, Access, SPPS va b.) yordamida qayta ishlanadi va umumlashtiriladi. Bu bosqichda empirik ma’lumotlarni dastlabki tahlili mos ravishda amalga oshirilishni ta’minlash imkoniyatiga ega matematik olimlarni jalb etish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Yakunlovchi (oltinchi bosqichda), qayta ishlangan ma’lumotlarning tahlili o’tkaziladi, tadqiqot yakuniga ko’ra axborot-tahliliy hisobot tayyorlanadi va asosiy hulosalar aniq ifoda etiladi. Bu bosqichda olingan empirik ma’lumotlar asosida tadqiqot gipotezasini tahlil qilish mumkin1.
Yettinchi bosqich olingan hulosalardan kelib chiqib ekspert takliflari muhokamasini ishlab chiqish va tashkil etishdan iborat bo’ladi. Empirik ma’lumotlarni tahlilidan so’ng olingan hulosa va takliflarni ekspert darajasida baholash amalga oshiriladi.
