- •Empirik sotsiologiyaning shakllanishi va rivojlanishi.
- •Sotsiologik tadqoqotlar asosiy tushunchalarining mazmun-mohiyati: metodologiya, metodika, texnika va protsedura.
- •Sotsiologik tadqiqotlarning tarkibiy tuzilmasi.
- •Empirik sotsiologiyaning shakllanishi va rivojlanishi.
- •Sotsiologik tadqoqotlar asosiy tushunchalarining mazmun-mohiyati: metodologiya, metodika, texnika va protsedura.
- •Sotsiologik tadqiqotlarning tarkibiy tuzilmasi.
- •Adabiyotlar ro’yxati
1-mavzu. Sotsiologik tadqiqotlar metodologiyasi, metodi, texnikasi va protsedurasi
Reja:
Empirik sotsiologiyaning shakllanishi va rivojlanishi.
Sotsiologik tadqoqotlar asosiy tushunchalarining mazmun-mohiyati: metodologiya, metodika, texnika va protsedura.
Sotsiologik tadqiqotlarning tarkibiy tuzilmasi.
Tayanch iboralar: amaliy sotsiologiya, metodologiya, metodika, metodlar, protsedura, texnika, mantiqiy tuzilma, prinsipial tuzilma.
Empirik sotsiologiyaning shakllanishi va rivojlanishi.
Amaliy sotsiologik tadqiqotlarni mantiqiy bog’liq metodologik, metodik va tashkiliy-texnik jarayonlar ketma-ketiligi sifatida olishimiz mumkin. Ushbu protseduralar ketma-ketiligidan ko’zlangan asosiy maqsad – o’rganilayotgan ijtimoiy hodisa yoki jarayon haqida empirik tasdiqlangan asosli ma’lumotlarni olishdan iborat.
Sotsiologik bilimni olishning ikki asosiy usuli rasman qayd etiladi. Bular, empirik va nazariy usullar bo’lib, ular o’z o’rnida sotsiologik bilimning ikki darajasini ya’ni empirik va nazariy darajasini hosil qiladi.
XIX asrning oxirigacha nazariy va empirik sotsiologiyaning rivojlanishi alohida kechdi. Vaqti vaqti bilan nazariya va empirika o’rtasidagi nisbat haqida munozaralar bo’lib turdi.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida mashhur fransuz sotsiologi E. Dyurkgeym o’z ilmiy faoliyatida sotsiologiyaning ikki qirrasi ya’ni nazariy va empirik sotsiologiyani uyg’unlashtira oldi.
Empirik va nazariy sotsiologiyaning yutuqlarini o’z ilmiy faoliyatida birlashtira olgan amerikalik sosiologlardan biri R. Merton edi. Aynan R. Merton sotsiologik bilim tarkibiy tuzilmasida makro va mikro sotsiologiya bilan bir qatorda sotsiologik nazariyaning o’rta darajasini alohida ko’rsatadi. Zamonaviy sotsiologiyada o’rta daraja sotsiologiyasi maxsus sotsiologik nazariyalar deb nomlanib, turli predmetlar sohasini qamrab oladi va ijtimoiy hodisa va jarayonlarni tadqiq etib jamiyat tizimosti institutlari faoliyatiga daxldor muhim ilmiy xulosalarni beradi.
Empirik sotsiologiyaning institusionallashuvi 1920 yillarda sodir bo’lib, mashhur Chikago sotsiologik maktabi faoliyati bilan bog’liq1. Bugungi kunga qadar aynan ushbu maktab vakillari tomonidan taklif etilgan sotsiologik tadqiqot metodlari va ma’lumotlarni qayta ishlash usullaridan asarali foydalanilmoqda. Ushbu usullar mohiyatan pragmatik xususiyatga ega bo’lib, aniq sotsial faktlar va jarayonlarni o’rganish va tavsiflashga yo’naltirilgan. G’arb davlatlarida empirik sotsiologiya mikrosotsiologiya deb nomlanib u jamiyatda sodir bo’layotgan mikro jarayonlarni tadqiq qilishga yo’naltirilgan.
Shu tariqa empirik tadqiqotlar – bu metodologik, metodik va tashkiliy-texnik protseduralarning mantiqiy ketma-ketligi bo’lib, ular bir biri bilan yagona maqsad atrofida birlashtirilgan. Ya’ni o’rganilayotgan ijtimoiy voqea va hodisalar borasida ishonchli ma’lumotlarni olish va ulardan keyingi amaliy faoliyatda samarali foydalanish.
Sotsiologik tadqoqotlar asosiy tushunchalarining mazmun-mohiyati: metodologiya, metodika, texnika va protsedura.
Sotsiologiya fani metodologiyasi – tadqiqotni tashkil etishning texnik, protsedurali masalalarini o’rganuvchi soha. Shuningdek, qo’llanilayotgan metodlar, kuzatishlarning ishonchliligi, ilmiy nazariyani isbotlanishi yoki rad etilishini asoslovchi soha. Metodologiya deyilganda ilmiy tadqiqotning tizimlashtirilgan tamoyillari tushuniladi. Aynan metodologiya to’plangan dalillarning yangi bilim hosil qilishdagi ishochlilik darajasini belgilab beradi.
Rasmiy nuqtai nazardan borliq haqidagi bilimlarning mazmun mohiyati bilan uzviy bog’liq emas. Aksincha o’sha bilimlarni hosil qilishda qo’llaniladigan operasiyalar bilan bog’liq tushuncha sanaladi.
Shu bois metodologiya atamasi ostida tadqiqot protseduralari, texnikalari, metodlari, jumladan ma’lumotlarni to’plash va qayta ishlash metodlari ham kiritiladi. Mazmunan metodologiya tadqiqotning predmeti doirasidagi izlanishlarni amalga oshiradi. Metodologiyaning mazmun mohiyati yangi nazariy bilimni shakllantirishda qo’llaniladigan ilmiy asoslangan vositalarni izohlaydi. Shu nuqtai nazardan nazariyalarning metodologik funksiyalari shakllanadi: bular, yo’naltiriuvchilik, bashoratlovchilik, turkumlovchilik funksiyalari.
Metod va protseduralar – bu ma’lumotlarni to’plash, qayta ishlash va tahlil qilishning nisbatan rasmiylashtirilgan tartib qoidalari tizimi bo’lib, metod – ma’lumotlarni to’plash, qayta ishlash va tahlil qilishning asosiy vositasi, usulidir. Sotsiologik metodlar yordamida dalillar, ilmiy faraz va nazariya o’rtasidagi bog’liqlik o’rnatiladi
Texnika – u yoki bu metodni qo’llash bo’yicha maxsus xatti-harakatlar yig’indisi.
Metodika – texnik usullar yig’indisi bo’lib, tegishli metodni qo’llash davomida amalga oshiriladigan operasiyalar ketma-ketligidan iborat. Masalan, sosiolog jamoatchilik fikrini o’rganishda ma’lumotlarni to’plash metodi sifatida anketali so’rovnomadan foydalanadi. Undagi savollarning bir qismi ochiq shaklda bir qismi esa yopiq shaklda berilgan. Bu ikki usul ushbu anketali so’rov texnikasini hosil qiladi. Anketa varaqasi va unga ilova qilinadigan ko’rsatmalar esa metodikani shakllantiradi.
Protsedura esa – tadqiqotni tashkil etishning umumiy hatti-harakatlar va vositalari yig’indisi. Sosiolog ishining metodik, texnik, protsedurali xususiyatlarini qamrab olinsa u maxsus metodlar qatorida umumilmiy metodlarni ham qo’llaydi.
