
1-semestr uchun(lotin) / 1-mavzu / 2-amaliy topshiriq
.docx1-mavzu. Sotsiologik tadqiqotlar metodologiyasi, metodi, texnikasi va protsedurasi
Seminar mashg’uloti rejasi:
Empirik sotsiologiyaning shakllanishi va rivojlanishi.
Sotsiologik tadqoqotlar asosiy tushunchalarining mazmun-mohiyati: metodologiya, metodika, texnika va protsedura.
Sotsiologik tadqiqotlarning tarkibiy tuzilmasi.
Mashg’ulotning maqsadi: talabalarda sotsiologik tadqiqotlar metodologiyasi, metodi, texnikasi va protsedurasi haqida bilim hosil qilish.
Pedagogik vazifasi: talabalarda sotsiologik tadqiqotlar metodologiyasi, metodi, texnikasi va protsedurasi haqida hosil bo’lgan nazariy bilimlarini musthkamlash.
O’quv vositalari: elektron tarqatma material, vatman qog’ozi, rangli qog’ozchalar, marker, qaychi.
Axborot bazasi: ma’ruza matni va seminar mashg’ulotining quyidagi savollari:
1. Sotsiologik tadqiqotning asosiy metodlari turkumalanishi.
2. Sotsiologik tadqiqot jarayonining umumiy tavsifi.
Amaliy mashg’ulotni tashkil etish metodikasi: «Ma’lumotni tarkibiy tuzilmalash» va «tuzilmali model». Ushbu usullar talabalarda seminar mavzusi bo’yicha amaliy sotsiologiyaning asosiy tushunchalarini saralash, tartiblash va asosiy ma’lumotlarni ajratib olish ko’nikmasini hosil qiladi. metodikadan samarali foydalanish maqsadida seminar savollari tahlilidan foydalaniladi. Ish avvalida 5 daqiqa davomida topshiriqning mazmunini anglab vaqt me’yorlarini belgilab olish tavsiya etiladi.
Talabalar uchun amaliy topshiriq: talabalar quyidagi asosiy tushunchalar borasida firklab, o’zining yaxlit xulosasini vatman qog’ozda qayd etadi:
Metod bu....
Metodika deyilganda ....
Texnika yordamida ....
Protsedura .....
Talabalar amalga oshirgan amaliy ishni qanday etadi? Buning uchun “tuzilmali model” metodikasi taklif etiladi. Talabalar alohida kartochkalarda tushunchalarni qayd etadi. Har bir talaba o’zi uchun bitta tushunchani tanlab oladi va 3-5 daqiqa davomida uning mazmunini auditoriga tushuntirib beradi. Bunda talaba quyidagi talablarga rioya etilishi so’raladi;
- tushuncha mazmunini ochib berishda mavhumlikdan qochish,
- ikki yoqlama mazmun kasb etuvchi tasniflarni ishlatmaslik, fikrni to’liq bayon etish;
- tushunchaga daxldor elementlarning barchasini to’liq qamrab olish.
Amaliy topshiriqni baholash mezonlari: berilgan topshiriq bajarilgach talaba 10 daqiqagacha vaqt davomida o’zining bajargan ishini gapirib beradi. Shu tariqa talabalarda o’qituvchi tomonidan berilgan amaliy topshiriq borasida to’liq tasavvur hosil bo’ladi. Ma’ruza matnida taqdim etilgan nazariy bilim ushbu amaliy topshiriqni bajarish davomida mastuhkamlanadi va talabalarda ko’nikma hosil bo’ilishiga xizmat qiladi. talaba bilini baholash o’qituvchi tomonidan talabaning amaliy topshiriqni anglash, uni bajarishdagi tirishqoqligi va bildilirgan fikrlari borasida amalga oshiriladi.
Mustaqil ta’lim savollari:
V.A.Yadovning sotsiologik tadqiqotlar metodologiyasining mazmun mohiyati nimadan iborat?
Sotsiologik tadqiqotlarda “qattiq” va “yumshoq” metodologiya tushunchalarini tavsiflang.