Скачиваний:
17
Добавлен:
17.12.2022
Размер:
16.9 Кб
Скачать

4-mavzu: Sotsiologik tadqiqot muammosi, tadqiqotning strategik rejasini asoslash

Seminar mashg’uloti rejasi:

  1. Muammo va muammoli vaziyat tushunchalarining mazmun mohiyati

  2. Muammoli vaziyatni ilmiy izohlash tamoyillari va uning komponentlari

Mashg’ulotning maqsadi. Talabalarda sosiologik tadqiqot muammosi, tadqiqotning strategik rejasini asoslash haqida nazariy bilim hosil qilish.

Pedagogik vazifa. Talabalarda sosiologik tadqiqot muammosi, tadqiqotning strategik rejasini asoslash haqida nazariy bilimni mustahkamlash.

O’quv jihozlari: A4 qog’oz, markerlar.

Axborot ta’minoti: ma’ruza matni, talabalarning og’zaki javoblari:

Tavsiya etiladigan metodika: «Munozarali fikr” metodikasi va muhokama. Mazkur metodikaning maqsadi ma’ruza mashg’lotida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash asosida talabalarning iqtidorini namoyon etish imkoniyati. Talabalarda munozaralar davomida qat’iy fikr shakllanadi. O’z fikrini himoya qilish ko’nikmasi shakllanadi. O’z fikrini bayon etishda qarshi fikrlarga munosib javob berish ko’nikmasi hosil bo’ladi.

Ishchi jarayon: O’qituvchi tomonidan talabalarga oldindan tayyorlangan munoazalari fikrlar taqdim etiladi. Masalan:

Muammoli vaziyat bu ....

Ijtimoiy muammo bu ....

  • Ijtimoiy muammolarning manbalari bu....

Talabalar topshiriqni olgach A4 qog’ozda o’zining fikrlarini bayon etadi. Ilgari surilgan fikrini yonida o’tirgan kursdoshiga uzatadi. Kursdoshi esa ushbu fikrga nisbatan o’z munosabatini qshyidagi shaklda yozma bayon etadi:

  • to’liq qo’shilaman

  • ayrim shartlar bilan qo’shilaman

  • umuman qo’shilmayman

  • bilmayman

so’ng o’qituvchi har bir talabadan kursdoshining fikriga nisbatan bildirgan munosabatini izohlashni so’raydi. Talabalar 5 daqiqa davomida o’z pozisiyasini tavsiflaydi va himoya qiladi.

Talabalar bilimini baholash mezonlari: topshiriq yakunlangach o’qituvchi 10 daqiqa davomida talabalar ishlarini tekshirib chiqadi. Talabalarning topshiriqni bajarish davomidagi tirishqoqligini baholash uchun asosiy mezon sifatida xizmat qiladi.

Mustaqil ish uchun topshiriqlar:

  1. Sotsiologik tadqiqot muammosining metodologik ahamiyatini yoritib bering.

  2. Sotsiologik ma’lumotni to’plash bosqichlarini tavsiflang.

Соседние файлы в папке 4-mavzu