Добавил:
Upload Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:
NEMISCHA-O’ZBEKCHA TEMATIK LUG`AT- MAXMUDOV ALISHER YO’LDOSHEVICH.doc
Скачиваний:
0
Добавлен:
01.07.2025
Размер:
1.88 Mб
Скачать

MAXMUDOV ALISHER YO’LDOSHEVICH

DEUTSCH-USBEKISCHES

THEMATISCHE

WÖRTERBUCH

NEMISCHA-O’ZBEKCHA

TEMATIK

LUG’AT

TOSHKENT-2013

Mas’ul muharrir: f.f.d. professor M. N. Xolbekov

Taqrizchilar: f.f.n. dotsent N. Elmurodov

f.f.n. K.Sh.Marqayev

Lug’at maktab o’quvchilari, litsey, kollej va oliy o’quv yurti talabalari va o’qituvchilari uchun mo’ljallangan.

Ushbu lu’g’at haqidagi fikr va mulohazalaringizni quyidagi internet pochtasiga yuborishingiz mumkin: alischer-2473@mail.ru

MUALLIFDAN

Mamlakatimiz mustaqilikka erishganidan so’ng jamiyatning barcha sohalarida, shu jumladan ilm-fanda ham tub o’zgarishlar ro’y berdi.

“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunini hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida chet tillarga o‘qitishning kompleks tizimi, ya’ni barkamol, o‘qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, respublikaning jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuviga yo‘naltirilgan tizim yaratish chora-tadbirlari muhtaram yurtboshimiz tomonidan 2012 yil 10 dekabr kuni qabul qilingan “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-1875-sonli qarorining ijrosida o‘z ifodasini topa boshladi.

Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or uslublarini joriy etish yo‘li bilan, o‘sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o‘qitish, shu tillarda erkin so‘zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda bu bilan ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko‘lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish maqsadida respublikamizning barcha hududida chet tillarni, asosan, ingliz tilini o‘rganish umumta’lim maktablarining birinchi sinflaridan o‘yin tarzidagi darslar va og‘zaki nutq darslari shaklida, ikkinchi sinfdan boshlab esa, alifbo, o‘qish va grammatikani o‘zlashtirishdan bosqichma-bosqich boshlanadi.

Buning uchun “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da ko’rsatib o’tilganidek, “o’zbek maktablarini bitirgan bolalarning qisilib qolmasligi, xorijiy tillarni o’rganishda to’siqlarga duch kelmasligi”1, ularning ona tili va xorijiy tillarning bemalol tushunib-anglab yetishishlari uchun lug’atlarga ehtiyoj seziladi.

Darhaqiqat, har qaysi tilda aniq va ravon nutqda so’zlashish uchun lug’talar katta yordam beradi. Shunday lug’atlardan biri tematik lug’atlar hisoblanadi.

Tematik lug’atlar tilshunoslikda o’ziga xos tarixiy taraqqiyotga ega bo’lib, tezaurus, anologik, ideografik kabi ko’rinishlarga egadir. Tematik lug’atda so’z muayyan semantik maydonga xos bir ma’noda keltiriladi.

Mashhur rus tilshunosi L.V.Shcherba o’zining lug’atchilik nazariyasiga oid maqolasida tematik lug’atni tezaurus bilan o’xshash va farqli tomonlarini taqqoslab, lug’atning alohida ko’rinishlari sifatida talqin etgan.

G’arb ideografiyasi falsafiy, nazariy, amaliy kabi uch bosqichga ajratildi. Falsafiy bosqich antik dunyo faylasuflari va O’rta asrlarda yashagan Yevropa olimlarining qarashlarini o’z ichiga oladi. Nazariy bosqich G’arb uyg’onish davri bilan bog’liq holda paydo bo’ldi va rivoj topdi. Amaliy bosqich ingliz olimi M.P.Rojening 1852 yilda chop etgan “Inglizcha so’z va iboralar tezaurusi” bilan bevosita bog’liq holda yuzaga kelib, F.Dornzayf, X.Kasares, H.Mayer, R.Xallig, V.Vartburg, Yu.Karaulov, M.Morkovkin, O.Baranov kabi ingliz, ispan, nemis, fransuz, rus olimlari tomonidan davom ettirildi2.

Milliy istiqlol tufayli o’zbek lug’atchiligi esa ishbilarmon-tadbirkorlar, turli soha mutaxassislariga mo’ljallangan tematik lug’atlar yaratila boshladi. Savdo-sotiq, hunarmandchilik, dehqonchilik va shu kabi soha vakillariga mo’ljallangan har xil turdagi tematik lug’atlar yanada boyitildi.

Mazkur tematik lug’atda “die Natur - tabiat”, “die Gesellschaft - jamiyat”, „das Leben und die Tätigkeit der Menschen – odamlarning hayoti va faoliyati“ va „die Zeit und das Zahl – vaqt va miqdor“ makromaydonlari bilan bog’liq so’z va iboralar keltirilgan. Har bir makromaydon alohida mazmuniy maydonda qo’llanuvchi 15 000 ga yaqin so’z va iboralarni o’z ichiga olgan. Masalan, “die Gessellschaft – jamiyat” makromaydoni “die Staat – davlat”, “die Leitung - boshqaruv”, „die Bevölkerung - aholi“, „die Armee und die Flote – armiya va flot“ kabi semantik maydonlarni tashkil etgan.

Tematik lug’atda „die Gesellschaft – jamiyat“ makromaydonining dastlabki bo’g’inini tashkil etuvchi „die Staat – davlat“ mikromaydoni o’z navbatida quyidagi mazmuniy maydonlarga ajratilgan:

1. der Staat – davlat, die Gewalt – hokimiyat, das Land – mamlakat, die Heimat – vatan, die Republik – respublika, das Gebiet – oblast, viloyat, der Bezirk – tuman, die Stadt – shahar, das Dorf – qishloq, die Siedlung – posyolka, qishloq, ovul kabilar

2. die Leitung – boshqaruv, rahbarlik, die Wahl – saylov, der Abgeordnete – deputat, die Demokratie – demokratiya, teng huquqlilik, die Verfassung – konstitutsiya, qomus va hokazo.

3. die Bevölkerung – aholi, das Volk – xalq, die Nation – millat va shu kabilar

4. die Armee und die Flotte – armiya va flot, die Armee – armiya, die Truppe – qo’shin, der Dienst – xizmat, das Regiment – polk, lashkar, der Stab – shtab, der Stützpunkt – himoya bazasi, der Titel – unvon va hokazo.

Ushbu tematik lug’at tematik prinsiplarga asosan tuzilgan bo’lib, unda kundalik hayotda qo’llaniladigan so’z va iboralar berilgan. Mazkur lug’at yordamida o’quvchi va talabalar ilmiy izlanishga, mustaqil fikrlashga va uni anglab yetishga erishishi mumkin. Bu bilan ularning ham so’z boyligi oshadi, ham dunyoqarashi o’sadi, – degan umiddamiz.

”Nemischa–o’zbekcha tematik lug’at” qo’lyozmasida yaqindan maslahat va ko’maklarini ayamagan ustoz-o’qituvchilarga samimiy minnatdorchiligimni bildiraman.

Lug’at ustidagi dastlabki ilmiy izlanishlarimning mahsuli bo’lganligi uchun ushbu lug’atda xato-kamchiliklar bo’lishi mumkin. Lug’at haqidagi fikr-mulohazalaringiz, tuzatish va e’tirozlaringizni mamnuniyat bilan qabul qilaman: alischer-2473@mail.ru (elektron manzilim)

I. Die natur

  1. die Erde

die Oberfläche

die Boden

die Schicht

der Staub

der Schmutz

2) der Berg

der Gipfel

das Tal

die Ebene

der Wald

die Steppe

die Wüste

3) das Wasser

der Ozean

das Meer

der See

der Sumpf

der Fluβ

der Kanal

der Strom

die Welle

das Eis

die Insel

das Ufer

das Niveau

die Tiefe

die Breite

die Quelle

4) der Horizont

der Norden

der Süden

der Osten

der Westen

der Pol

1) Die Erde - – yer

die Erdumkreisung – yer atrofida aylanish

der Erdabstand – yer o’rtasidagi masofa

die Erdbahn – yer orbitasi

der Erdschatten – yer ko’lankasi

die Erdmasse – yer massasi

die Erdoberfläche – yer yuzi

das Erdinnere – yer osti

die Erderschütterung – zilzila

der Erdflachs – asbest, toshpaxta

der Erdball – yer shari

das Erdbeben – zilzila

die Erdbohrung – yer kovlash

der Erdgürtel – mintaqa

die Erdkunde – geografiya

die Erdumdrehung – yer aylanishi

der Erdimfang – yer shari perimetri

die Erdzung – burun, bo’g’oz

der Erdteil – qit’a, materik

Die Erde dreht sich um die Sonne. - Yer quyosh atrofida aylanadi.

die Oberfläche -, -n – sath, yuza, sirt

die Oberflächenentlastungsanlage – suv sathi

die Oberflächenentwässerung – yer zaxini qochirish

die Oberflächenverrieselung – sug’oriladigan yer yuzasi

die Oberflächenwelle – to’lqin sathi

die Oberflächlichkeit – sayozlik

die Meeresoberfläche – dengiz sathi

Die Sonne steigt aus der Oberfläche des Meers. - Quyosh dengiz sathidan tepaga ko’tarildi.

die Boden -s, Böden – tuproq, yer

die Bodenablagerung – yer ostki qatlami

die Bodenaufteilung – yerning taqsimlanishi

das Bodeneis – yer ostki muzi

die Bodenfiltration – suv sizishi

die Bodenform – yer yuzining tuzilishi

die Bodenkunde – tuproqshunoslik

die Bodenparzelle – yerning kichik bir qismi

der Bodenrückgang – tuproqning eroziyasi

das Bodensediment – cho’kindi

die Bodenschätze – yer osti boyliklari

Unsere Heimat ist reich an verschiedenen Bodenschätzen. - Vatanimiz turli xil foydali qazilmalarga boy.

die Schicht -, -en – qatlam, qavat

das Schichtausgehende – qatlam cho’qqisi

die Schichtdicke – qatlam qalinligi

der Schichtausfall – qatlam nurashi

der Schichtbau – qatlam tuzilishi

der Schichteinfall – qatlamning pasayishi

die Schichtfaltung – qatlamning qat-qatligi

die Schichtfläche – qatlam maydoni

das Schichtflötz – qatlam qatma-qatligi

die Schichtkarte – qatlam xaritasi

der Schichtkopf – qatlam boshi

die Schichtkunde – stratigrafiya (qatlamlarni o’rganuvchi fan)

der Schichtsattel – ikki qatlam oralig’i

der Schichtstein – jinslar qatlami

die Schichtstreichung – qatlamning yoyilishi

die Schichtströmung – qatlam oqimi

die Schichthöhe – qatlam qalinligi

Die Atmosphäre gliedert sich in drei Schichten: Troposphäre, Stratosphäre und Ionosphäre. - Atmosfera uch qatlamga: troposfera, stratosfera va ionosferaga bo’linadi.

der Staub -(e)s – chang

der Staubablagerung – chang qatlami

der Staubboden – chang tuproq

stauben – changitmoq

es staubt – chang bosgan

die Staublawine – chang oqimi

die Staubsperre – chang to’siq, chang g’ov

Der Wind wirbelt den Staub auf. - Shamol changni to’zg’itib yubordi.

der Schmutz -es, -e – balchiq, loy

die Schmutzaufnahme – ifloslanish

der dickflüssige Schmutz – qalin balchiq

der dünnflüssige Schmutz – suyuq balchiq

die Schmutzschicht – loy qatlam

der Schmutzspritzer – iflos (loy aralash) yomg’ir

Ich säuberte meine Kleidung vom Schmutz. - Men o’z kiyimlarimni loydan tozaladim.