
1-semestr uchun(lotin) / 7-mavzu / 1-ma'ruza matni
.docx7-mavzu: Asosiy tushunchalar interpretasiyasi va operasionalizasiya
Reja:
Sotsiologik tadqiqotlarda tanyach iboralarning nazariy tavsifi
Asosiy tushunchalar operasionalizasiyasi tamoyillari
Tadqiqot ilmiy farazining umumiy xarakteristikasi
Tayanch iboralar: asosiy tushunchalar, mantiqiy tahlil, tushunchalar interpretasiyasi, deskriptiv interpretasiya, turzilmali interpretasiya, omilli interpretasiya, nazariy model.
Sotsiologik tadqiqotlarda tanyach iboralarning nazariy tavsifi
Qayd etiladigan belgilarni anglatuvchi tushunchalar, indikator-tushunchalar deyiladi. Inkidatorlarni qidirish jarayoni ko’p bosqichdan iborat. U chizma shaklida “maqsadlar daraxti”ni qurishga o’xshaydi. Ammo, ushbu vaziyatda sosiolog hatti harakatlarini bilishga yo’naltiradi. Ya’ni keyingi amaliy ko’rsatmalar va tavsiyalarni ishlab chiqish uchun zaruriy empirik omillarni olishga. Agarda tanyanch iboralarni qayd etiluvchi ko’satkichlarga aylantirish jarayonida tushunchalar iyerarxiyasi dasturda aniq ko’rsatilgan bo’lsa, bu muammoning mantiqiy tuzilmasi qayd etilganligini anglatadi.
Empirik ma’lumot to’plangandan so’ng uni yana shu tuzilma bilan qayta solishtiriladi va tadqiqot natijalarinnig mazmunli interpretasiyasi amalga oshiriladi. Dastlabki ilmiy farazlardan qaysilaridir tasdiqlanmasa ular tashlab yuboriladi va amaliy tekshiruvdan o’tganlari esa amaliyotga tabiq etilishi uchun boshlang’ich nuqta rolini o’taydi.
Empirik indikatorlar — kuzatish va o’lchash imkoni bo’lgan obyektning elementi yoki xarakteristikasi. Fundamental tadqiqotlarda indikatorlar asosiy tushunchalarning empirik va operasional interpretasiyasi bo’lib xizmat qiladi. Ular o’rganilayotgan obyektning begilarini taqdim etadi.
Tayanch iboralar uni qayd etuvchi indikatorlarga nisbatan ko’pchilikni tashkil etadi. Mehnatdan qoniqish bu yaxlit ijtimoiy hodisa. U qoniqishning mayda bo’laklariga bo’linmaydi.
Umumiy (tayanch) tushuncha borliqning tuzilmalanmagan (intuitiv) manzarasini hosil qiladi. Empirik interpretasiya bosqichida bosh vazifa tadqiqot muammosini imkon qdar keng tavsiflashdan iborat. Bunda indikator-tushunchalardan foydalanib, indikatorlar fazosini hosil qilish kerak. Ularning ro’yxati ancha keng bo’ilishi mumkin. Indikatorlar dastlabki tushunchalardan hosil qilinishidan kelib chiqadigan bo’lsak, ular tushunchalarning tuzilmali va omilli interpretasiyasini shakllantiradi.ammo kundalik hayotda odatda barcha indikatorlar qo’llanilmaydi. Shu sababli indikatorlarni tanlab olish uch mezon asosida amalga oshiriladi. A) asosiy tushunchalarning mazmunli tanlovi. B) indikatorlarning ehtimoliy axborot bilan ta’minlanganligi. V) manbalarning metodik ta’minoti imkoniyatining mavjudligi.
Tadqiqiot muammosini empirik indikatorlar tizimida tavsiflash muammoni nazariy tavsiflashdan empirik qayd etiladigan dalillar va hatti xarakatlarga o’tishni anglatadi.
Asosiy tushunchalarning mantiqiy tahlili – bu bosh tushunchalarning mantiqiy tuzilmalanishi bo’lib, u tadqiqot predmetini belgilab beradi. Uning mazmuni va tuzilmasini ko’rsatadi.
Mantiqiy tahlil asosiy tushunchalarning mazmuni va tuzilmasining aniq tavsifini beradi. Shu asosda o’rganilayotgan hodisaning xususiyatlari nisbatda aniqlanadi. Natijada u olingan natijalarning to’g’ri talqinlanishiga xizmat qiladi. Bunday proseduraning yakunida tadqiqot predmetining nazariy modeli hosil qilinadi.
Mantiqiy tahlilni boshqacha qilib tushunchalarning nazariy interpretasiyasi deyiladi. Bu ilmiy tilda tadqiqot obyektining konseptual asoslarini hosil qilish sanaladiyu
Turli shart sharoitlarda axborotning nisbati turlicha shakllanadi. Muammoli vaziyatga ta’sir ko’rsatuvchi omillarning turlicha qorishmasi asosida sosiolog tadqiqot dasturida muammoli vaziyatga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni shakllantiradi.
Muammoli vaziyat uning ishtirokchilari tomonidan amaliy faoliyat atamalarida talqinlanadi. Shu sababli sosiolog muammoli vaziyatni qat’iy ilmiy atamalarda tavsiflashi shart. Shu asosda ma’mumotlarni to’lash intsremuntariyasi ishlab chiqiladi. Tushunchalar va atamalarni aniqlash qobiliyati – yuqori va murakkab san’at. Uni birdan o’zlashtirish murakkab. Quyida biz tushunchalarni begilashning amaliy misolini keltiramiz:
Shahar – aholi punkti bo’lib, unda yashovchilar qishloq xo’jaligidan tashqari faoliyat turi bilan band. Shahar deyilganda bitta joyda to’plangan va o’zi uchun oziq-ovqat ishlab chiqarish bilan shug’ullanmaydigan kishilarning katta jamoasi tushuniladi. Odatda shaharlar yiriq sanoat bo’g’ini va madaniy markaz sanaladi. Shaharda kishining moddiy va ma’naviy faoliyati amalga oshiriladi. Shahar dinamik bo’ilb unda axaborot almashinuvi va moddiy qadriyatlar vorisiyligi ta’minlanadi. Shahar statik bo’lib, unda diniy, ma’muriy, tijorat va boshqa ibnolar ko’pchilikni tashkil etadi. Shamonaviy shahar turlari quyidagicha: kichik shaharlar (50 minggacha aholisi bo’lgan), o’rta shaharlar (50-100 ming aholisi bo’lgan), yirik shaharlar (250-500 ming), o’ta yirik shaharlar (500 ming-1 mln) va millioner shaharlar (1 mln.dan ortiq).
Ko’pgina shaharlarda yo’ldosh shaharchalari shakllanadi. Bu shahar tipidagi aholi punkti bo’lib, yirik shahar yaqinida shakllanadi va u bilan yaxlit tizimni hosil qiladi.
Aksariyat vaziyatlarda shaharlar va ularning yo’ldoshlari birlashib, aglomerasiyalarni shakllantiradi. Ular esa o’z o’rnida megapolistlarga birlashib olishlari mumkin.
Bu “shahar” tushunchasining keng tavsiflash misoli bo’lib, ushbu misolda uning mayda jihatlari keltirilmagan.
2. Asosiy tushunchalar operasionalizasiyasi tamoyillari
Interpretasiya jarayonida aniqlangan tushunchalar o’z o’rnida tavsifni talab etadi. Mantiqiy tahlilning keyingi bosqichida o’rganilayotgan predmetning sifat tuzilmasini aniqlash maqsadida opresionalizasiya amalga oshiriladi. Bu asosiy tushunchalar inrepretasiyasini davom etuvchi va mayda jihatlarini tahlillovchi jarayon sanaladi. Bunda oldin tanlab olingan asosiy tushunchalar ichki elementlarga taqsimlanib olinadi. Buni 2 bosqichda amalga oshirish lozim: 1) tadqiqot predmetining asosiy jihatlarini aniqlab olish. 2) asosiy tushunchalar tayanadigan tushuncha va atamalar yig’indisini belgilash.
Tushunchalarning mantiqiy tahlili prosedurasiga ko’ra “investision hulq atvor” tushunchasi – bu qator obyekti va subyektiv omillar bilan shartlangan tushuncha bo’lib, kishilarning daromad olish maqsadida ishlab chiqarishning moddiy va ma’naviy sohalarida kapital qo’yish jarayoni salanadi. bunday izoh dixotomik bo’lib, u asosiy tushunchani ikki mavxum tushunchalarga ajratib tashlaydi. Bu ikki tushuncha ham o’z o’rnida alohida mavhum tushuncha tuzilmasini hosil qiladi. Shu sababli ularning har biri chuqur detallashtirilgan tahlilni talab etadi.
Misol uchun birgina faoliyat sohasi tushunchasi moddiy ishlab chiqarish va ma’naviy ishlab chiqarish sohalariga bo’linib ketadi. Ular esa o’z o’rnida kommunikasion, rekreasion, intellektual, moliyaviy faoliyat sohalariga bo’linib ketadi. Shu sababli, ularning har birini nisbatan aniq mazmun kasb etuvchi detallarga bo’lib olish kerak.
Pilotaj tadqiqotlarda tushunchalar intrpretasiyasida chuqurlashtirilgan yonlashuv talab etilmaydi. Tavsiflovchi va analitiik tadqiqotlarda esa operasionalizasiyaning chuqurligi va ko’lamiga qo’yiladigan talablar oshib ketadi. Tavsiflovchi tadqiqotlarda tadqiqot dasturini yaratish davomida strukturali operasionalizasiya qo’llaniladi. Bu ilgari surilayotgan vazifalar ko’lamining nisbatan torligi bilan izohlanadi. Bu demak, asosiy tushunchalar mantiqiy tahlili tadqiqot predmetining nisbatan ahamiyatli elementlarining yirik qismlarida amalga oshiriladi. Analititik tadqiqotlarda esa nafaqat o’rganilayotgan muammoning nafaqat tarkibiy elementlari balki xodisa holati va kechishi xarakteristikalari ta’sir o’tkazuvchi motivlar, omillar aniqlanadi. Shu sababli analitik tadqiqotlarda mantiqiy tahlil ham tuzilmali ham faktorli turlarda amalga oshiriladi. Shu tariqa nazariy interpretasiya uch prosedurani qamrab oladi:
1-rasm.Sotsiologik tadqiqotlarda asosiy tushunchalar interpretasiyasi turlari
Keltirilgan chizmada ko’rinib turganidek, tadqiqot predmetining sifat ko’rsatkichlari yoritiladigan ishlar interpretasiya va operasionalizasi davomida amalga oshiriladi. Bu evristik xususiyatga ega bo’lib, nazariy pradigmalar ko’pligi bois hosil bo’ladi.
Adabiyotlar ro’yxati
Dobrenkov V.I. Kravchenko A.I. Fundamentalnaya sosiologiya. 3-tom. Metodika i texnika issledovaniya. – M.: INFRA-M, 2004. – 768 s.
Goshkov M.K., Sheregi F.E. Prikladnaya sosiologiya: metodologiya i metodы. Uchebnoye posobiye. – M.: Alfa-M, 2009. – 416 s.
Yadov V.A. Strategiya sosiologicheskogo issledovaniya. Opisaniye, ob’yasneniye, ponimaniye sosialnoy realnosti. – M.: Omega-L, 2007. – 567 s.
Xaytun S.D. Kolichestvennыy analiz sosialnыx yavleniy. Problemы i perspektivы. – M.: DomKniga, 2005. -280 s.