
1-semestr uchun(lotin) / 7-mavzu / 2-amaliy topshiriq
.docx7-mavzu: Asosiy tushunchalar interpretasiyasi va operasionalizasiya
Reja:
Sotsiologik tadqiqotlarda tanyach iboralarning nazariy tavsifi
Asosiy tushunchalar operasionalizasiyasi tamoyillari
Tadqiqot ilmiy farazining umumiy xarakteristikasi
Mashg’ulotning maqsadi: Talabalarda asosiy tushunchalar interpretasiyasi va operasionalizasiyasi hag’ida bilim hosil qilish.
Pedagogik vazifa: Talabalarda asosiy tushunchalar interpretasiyasi va operasionalizasiyasi haqidagi nazariy bilimlarni mustahkamlash.
Tavsiya etiladigan interfaol metodlar: “Imkoniyatlar tahlili” mtodikasi yordamida talabalarda ilmiy ijodiy tahlil qilish qobiliyatini rivojlantirish. Muxokama etilayotgan masalaning ijobiy va salbiy jixatlarini solishtirish ko’nikmalarini hosil qilish.
Ishchi jarayon: o’qituvchi amaliy topshiriqni 5 daqiqa davomida ish prosedurasini izohlashdan boshlaydi. Talabalar 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga birlashib ishlaydi. So’ng talabalarga A4 qog’ozda sosiologik tadqiqot muammosiga daxldor 5-7 ta asosiy tushunchani qayd etish so’raladi. Ushbu tushunchalar yanada ichki tarkibiy qismlarga ajratib olish va uning yaxlit manazarasini hosil qilish uchun esa “klaster” usulidan foydalanish yoki “Muammolar g’ujumi” metodikasini ishlatish tavsiya etiladi. Talabalar chizmalar shaklida markaziy muammoning barcha elementlari va detallarini tasvirga tushirib oladi. Natiajada talabalarda bitta asosiy tushunchaning tarkibiy elementlari va uning atrofida quriladigan ilmiy metodik apparat hag’ida tushuncha hosil qiladi. muammoli vaziyatnnig bitta asosiy tushunchasini tarkibiy elementlarga taqsimlash ko’nikmasini hosil qiladi.
Demak, talabalar o’zining ilmiy imkoniyatlarini baholash ko’nikmalarini hosil qilib boradi. Shundan so’ng talabalar tanlangan asosiy tushunchalarnnig tarkibiy elementlarini tasvirlagan klaster yoki muammolar g’ujumini taqdim etadi.
Talabalar bilimini baholash mezonlari: O’qituvchi tomonidan talabalar topshiriqni bajarish davomida tartib va qoidalarga rioya etishi. Topshiriqni to’liq va to’g’ri anglashi, tirishqoqligi bilan baholanadi.
Mustaqil ta’lim savollari:
Asosiy tushunchalar intrepretasiyasi haqida bilimlaringizni umumlashtiring
Operasionalizasiya va uning xususiyatlari nimalardan iborat