- •“Fizika” fanidan laboratoriya ishlarini bajarishga oid Uslubiy ko’rsatma
- •Va ma'qullangan
- •Va tavsiya etilgan
- •Mundarija
- •Laboratoriyа ishlarini bajarishda tеxnika xavfsizligi qoidalari
- •2. Kеrakli asbob va matеriallar:
- •4. Ishning bajarish tartibi
- •Laboratoriya ishi № 2 Kinematika va dinamika qonunlarini o’rganish
- •Ishning maqsadi:
- •Ishning bajarish tartibi
- •1. Ishning maqsadi:
- •2. Kеrakli asboblar:
- •3. Nazariy qism:
- •Va (5) formulalar yordami bilan ( va m ni topgandan kеyin sistеmaning inеrtsiya momеnti quyidagicha topiladi:
- •4. Ishning bajarish tartibi.
- •Ishning maqsadI:
- •1) Trifilyar osma, 2) sеkundomеr, 3) shtangеntsirkul, 4) inеrtsiya momеnti o`lchanadigan jism.
- •4. Ishning bajarish tartibi.
- •4. Ishning bajarish tartibi.
- •Elekтrosтaтik maydon potensial taqsimotini o’rganish
- •Nazariy qism.
- •Asbobning тuzilishi va o`lchash usuli.
- •Ishni bajarish tartibi.
- •O’tkazgichlar qarshiligini aniqlash
- •Nazariy kirish
- •Asbobni тuziliShI va o`lChASh uslubi.
- •Ishni bajarish tartibi
- •Yer magnit maydoni kuchlanganligini aniqlash
- •Laboratoriya ishi № 9 Solenoid magnit maydonini o’rganish.
- •Nazariy qism.
- •Ishni bajarish tartibi.
- •Fizik va matematik mayatnik tebranishlarini o’rganish
- •Nazariy qism
- •Ag’darma mayatnik
- •Ishni bajarish tartibi
- •Sinov savollari
- •Erkin so’nuvchi tebranishlarni o’rganish
- •Tebranishlarni rezonans usuli bilan aniqlash
- •Nazariy qism
- •Ishni bajarish tartibi
- •ТovuShNing тezligini aniqlaSh
- •Nazariy qism
- •Asbobning tuzilishi va ish usuli.
- •Ishni bajarish tartibi.
- •Olingan natijalar quyidagi jadvalga yoziladi.
- •Xoll effektini o’rganish
- •Nazariy qism
- •Gazlar issiqlik sig’mlarini o’rganish.
- •Nazariy qism
- •Asbobning tuzilishi va ish usuli
- •Ishni bajarish tartibi
- •O`lchash va hisoblash natijalari quyidagi jadvalga yoziladi:
- •Kontakt xodisalarga tegishli tajribalar o’tkazish.
- •Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o’quv qo’llanmalar ro’yxati:
Elekтrosтaтik maydon potensial taqsimotini o’rganish
Kerakli asboblar: O`zgarmas tok manbai (4-12 volt), galvanometr, suv solinadigan elektrodli vanna, reostat, voltmetr, elektrodlar, o`tkazgich simlari.
Ishning maqsadi: Turli shakldagi zaryadlangan elektrodlar hosil qilgan elektrostatik maydonning ekvipotensial sirtlarini aniqlash.
Nazariy qism.
Harakatsiz zaryadlangan zarra yoki zaryadlangan jism atrofida elektrostatik maydon deb ataluvchi maydon mavjud bo`lib, zarralar bir-birlari bilan shu maydon orqali ta’sirlashadi.
Elektrostatik maydon boshqa maydonlar /gravitatsion maydon, magnit maydoni/ singari materiyaning bir turi bo`lib, bizning ongimizga bog`liq bo`lmagan holda mavjud. Ammo bu maydon bevosita bizning sezgi organlarimizga ta’sir etmaydi. Elektrostatik maydoni mavjudligini uning shu maydonga kiritilgan zaryadga ta’siri orqali bilish mumkin. Maydonni o`rganish uchun kiritilgan bu zaryad «sinov zaryadi» deb ataladi.
Sinov zaryadiga maydon tomonidan ta’sir etuvchi kuch - «sinov zaryadi» qs – bilan maydonni hosil qiluvchi q – zaryadlari orasidagi Kulon kuchidir. Ya’ni
(1)
bu formulada q va qc ta’sirlashayotgan zaryadlarning miqdorlari, r - zaryadlar orasidagi masofa.
1. Maydon kuchlanganligi shu maydonga kiritilgan zaryadga ta’sir etuvchi kuchni xarakterlovchi kattalikdir. Elektrostatik maydonning biror nuqtasining kuchlanganligi (E) deb, shu nuqtaga kiritilgan musbat birlik zaryadga ta’sir etuvchi kuchga son jihatdan teng bo`lgan vektor kattalikka aytiladi.
bu
yerda
maydonning berilgan nuqtasida qc
zaryadga ta’sir etuvchi kuch. Maydon kuchlanganligi vektorining
yo`nalishi qilib, elektr maydonining musbat zaryadga ta’sir etuvchi
kuchining yo`nalishi qabul qilingan (1-rasm).
|
Тenglama
(1) ni (2) ga qo`yib nuqtaviy zaryad uchun elektrostatik maydon
kuchlanganligining formulasini hosil qilamiz
|
Elektrostatik maydon grafik usulida kuch chiziqlari bilan tasvirlanadi. Elektr maydonining kuch chizig`i deb shunday chiziqqa aytiladiki, bu chiziqning har bir nuqtasiga o`tkazilgan urinmaning yo`nalishi shu nuqtadagi kuchlanganlikning yo`nalishi bilan bir hil bo`ladi (2 - rasm).
|
|
2 – rasm. |
|
Nuqtaviy musbat zaryad maydonining kuch chiziqlari shu zaryaddan chiqib, cheksizlikda tugovchi radial to`g`ri chiziqlardan iborat (1 - rasm).
Elektrostatik maydon potensial maydon bo`lib, bu maydonga kiritilgan zaryad q potensial energiyaga ega bo`ladi.
nisbat
maydonining har bir nuqtasini xarakterlovchi kattalik bo`lib
maydonning berilgan nuqtadagi potensiali ()
deb ataladi.
Biror bir nuqtadagi maydon potensiali deb maydonning shu nuqtasiga kiritilgan birlik /musbat/ zaryadning potensial energiyasiga son jihatdan teng bo`lgan fizik kattalikka aytiladi. Potensiallari teng bo`lgan nuqtalarning geometrik o`rniga ekvipotensial sirt deyiladi.
Masalan, tenglama /5/ ga asosan, nuqtaviy zaryaddan bir hil uzoqlikda yotgan nuqtalarning potensiallari o`zaro teng.

elektr
doimiysi,
- Muhitning dielektrik kirituvchanligi.